my5

Qozog`istonga chigirtka keldi

Dunyo 23.05.2020, 09:53
1077
Qozog`istonga chigirtka keldi

Qozog`iston janubida Marokash chigirtkalari tarqalishi mumkin bo`lgan birinchi o`choqlari aniqlandi va dorilar bilan qayta ishlov berildi. Qozog`iston janubida chigirtka tarqalaishi mumkin bo`lgan o`choqlar aniqlanib, yo`q qilindi, deb xabar beradi Qishloq xo`jaligi vazirligi matbuot xizmati.

Avval xabar qilinganidek, 2020 yilda respublikada 824 ming gektar maydonda to`dali chigirtka va to`dalanmaydigan zararkunanda chigirtkalarning tarqalishi kutilmoqda.

Ushbu prognozlarga muvofiq, Qishloq xo`jaligi vazirligi o`tgan yildan boshlab qishloq xo`jaligi zararkunandalariga qarshi tadbirlarga keng ko`lamli tayyorgarlik ko`rmoqda. Xususan, respublika va mahalliy byudjetlardan 1,5 milliard tanga ajratildi, buning uchun pestisidlarning turli guruhlari uchun preparatlar sotib olindi, shuningdek, prognoz qilinayotgan hudud uchun kimyoviy tozalash xizmatlari ko`rsatildi.

Qishloq xo`jaligi vazirligi mutaxassislarining ta`kidlashicha, GPS navigatorlari va trekerlar yordamida, butun respublika bo`yicha zararkunanda chigirtkalar o`choqlarini qidirish uchun 40 million gektar maydonni o`rganish rejalashtirilgan.

Birinchi himoya choralari respublikaning janubiy hududlarida 10 aprel kuni boshlangan. Turkiston va Jambil viloyatlarida 143 ming gektar maydonda Marokash chigirtkasi topildi. Bugungi kunga qadar ular yashaydigan hududning 67% dan ortig`iga ishlov berilgan.

Boshqa hududlarda zararkunanda chigirtkalarning tarqalishi aniqlanishiga qarab, keyinchalik kimyoviy ishlov berish boshlanadi. Qo`shni davlatlar bilan chegaradosh hududlarda qo`shma tekshiruvlar o`tkaziladi. Bu haqda Qozog`iston qishloq xo`jaligi vazirligi Rossiya, Xitoy va O`zbekistondagi hamkasblari bilan oldindan kelishib oldi.

Шарҳлар