my5

Haydovchilarning tezlikni oshirishiga qarshi antiqa usul o`ylab topildi

Dunyo 23.05.2020, 10:30
573
Haydovchilarning tezlikni oshirishiga qarshi antiqa usul o`ylab topildi

Rossiyaning Arxangelsk shahri hokimligi o`tgan haftada Leningrad ko`chasiga chap qo`lida chalg`i va o`ng qo`lida eng kam tezlik 60 km/soatgacha yo`l belgisini ushlagan qora ridoli murda haykalini o`rnatdi.

Shahar hokimiyati tashabbusi bilan mahalliy rassom tomonidan yasalgan ikki metr balandlikdagi yog`och haykal savdo markazlaridan birining yoniga o`rnatildi. Hokimlik vakillarining g`oyasi bo`yicha ushbu dahshatli haykal haydovchilarga mashinada ehtiyotkorlik bilan yurishni eslatadi.

Biroq ushbu san`at asari o`rnatilgan erida bir sutka ham turmagan, noma`lum sabablarga ko`ra yo`qolib qolgan. Avvaliga shahar hokimiyati o`g`irlik sodir bo`lgani haqida polisiyaga shikoyat qilmoqchi bo`lgan, lekin dushanba kuni ko`rinishiga bir oz putur etgan haykal savdo markazi atrofidagi hududdan topilgan.

Arxangelsk shahri hokimiyatining vakili Irina Buynovskaya bergan intervyusida, haykalning yana o`z joyiga qaytarib o`rnatilishini ma`lum qildi. Shahar rasmiylari, keyinchalik haykalni ko`chma qilish, avtomobillar ko`p qatnaydigan va shaharning xavfli trassalariga o`rnatishni rejalashtirgan.

Шарҳлар