my5

Etna vulqoni 4,5 kilometrga otildi

Dunyo 23.05.2020, 10:50
741
Etna vulqoni 4,5 kilometrga otildi

Aprel oxirlarida qayta uyg`ongan Italiyaning Sisiliya orolidagi mashhur Etna vulqoni shu kunlarda yana faollashdi. Mahalliy “La Nuova Sicilia” nashrining ma`lum qilishcha, kecha kechqurun bu erda 4 ming 500 metr balandlikkacha ko`tarilgan quyuq tutun va kuldan iborat ustun hosil bo`lgan.

Janubi-Sharqiy Yangi krater deb nomlangan hududda 2007 yilda paydo bo`lgan mazkur vulqonning bu galgi faoliyati qariyb uch soatcha davom etdi va keyin so`na boshladi. Atmosferaga otilgan tutun janubi-g`arb tomonga qarab tarqaldi.

Tabiiy hodisa Etnaga yaqin joylashgan Katanya shahridagi aeroport faoliyatiga ta`sir o`tkazgani yo`q. Havo porti koronavirus epidemiyasi natijasida qisqartirilgan jadval asosida samolyotlarni qabul qilib, jo`natib turibdi.

Шарҳлар