Jahon tibbiyot assosiasiyasi (WMA) raisi Frank Ulrix Montgomeri koronavirusga qarshi majburiy vaksinasiyani yoqlab chiqdi.
«Men qizamiqqa qarshi majburiy vaksinasiya tarafdori bo`lganman. Hozir ham majburiy vaksinasiyani yoqlayman», — degan u «Funke» nashriga.
Montgomerining so`zlariga ko`ra, emlashni xohlamagan kishilar koronavirusni yuqtirib olishsa, sog`ligi ko`tarmaganligi uchun vaksinasiya ololmagan odamlarga xavf soladi. «Shu bois biz iloji boricha ko`proq odamlarni emlatishimiz zarur», — deya ta`kidlagan mutaxassis.
Birinchi navbatda, nogironlar va qariyalar uyida yashovchilarni, shuningdek, ushbu muassasa xodimlarini emlatish darkor.