AsosiyJamiyat

Sement importi bo`yicha cheklov bekor bo`ldi

'Sement importi bo`yicha cheklov bekor bo`ldi'ning rasmi

“Koronavirus pandemiyasi davrida tibbiy buyumlar uchun xomashyo eksporti va sement importini vaqtinchalik cheklash to`g`risida” Hukumat qaroriga o`zgartirish  kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi telegram kanali xabar berdi.

 Hukumatning 2020 yil 23 apreldagi qaroriga muvofiq O`zbekistonga sement importi vaqtincha to`xtatilgan edi.

️Kiritilgan o`zgartirishga ko`ra, sement mahsulotini (TIF TN bo`yicha kod 2523210000 va 2523290000) import bo`yicha olib kirishga joriy qilingan cheklov 2020 yilning 23 mayidan boshlab bekor bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar