my5
all

Toshkentda 3 ta avtomobil to`qnashdi. Bir kishi qurbon bo`ldi

Jamiyat 23.05.2020, 21:52
438
Toshkentda 3 ta avtomobil to`qnashdi. Bir kishi qurbon bo`ldi

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida “Lasetti” hamda "Matiz" rusumli avtomashinalar to`qnashib ketdi. Oqibatda bir "Matiz" haydovchisi voqea joyida vafot etdi. 

O`zbekiston IIV YHXBB Axborot xizmati bergan dastlabki ma`lumotga ko`ra, ushbu avtotransport hodisasi bugun, 23 may kuni soat 14:00 larda yuz bergan. "Lasetti" haydovchisi 1975 yilda tug`ilgan B.Y., “Neksiya-3” haydovchisi 1995 yilda tug`ilgan S.A. hamda “Matiz” haydovchisi 1947 yilda tug`ilgan B.M. o`zaro to`qnashgan.

To`qnashuv natijasida, “Matiz” haydovchisi og`ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Yashnaobod tumani IIO va FMB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Шарҳлар