my5
all

Mirishkor tuman pillakorlari rejani bajarishdi

Jamiyat 23.05.2020, 22:30
370
Mirishkor tuman pillakorlari rejani bajarishdi

Joriy mavsumda Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanida 60 tonnadan ortiq pilla hosili olish reja qilingan edi. Kecha, 22 may holatiga jami 60 tonna pilla hosili topshirilgan. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati rahbari Azizbek Yazdurdiev xabar bermoqda. 

Joriy mavsumda kasanachi va fermerlar jami 108 ta zvenoda 1090 quti ipak qurti boqmoqda. Pillakorlar yana 10 tonnaga yaqin hosil topshirishi reja qilingan. 

Qayd etilishicha, kasanachilarning mehnatini hisobga olib, bir oylik faoliyati uchun bir yillik mehnat staji yozilmoqda.

Шарҳлар