my5
Sevimli

Ertaga –27 may kuni tashkil etiladigan charter reyslar bo`yicha ma`lumot berildi

Hi-tech 26.05.2020, 19:00
Ertaga –27 may kuni tashkil etiladigan charter reyslar bo`yicha ma`lumot berildi

Ma`lumki hozirgi pandemiya natijasida joriy etilgan karantin cheklovlari sababli barcha xalqaro aviareylar to`xtatilgan. Shu munosabat bilan o`z oilasiga qayta olmayotgan o`zbekiston fuqarolarini yurtga qaytarish bo`yicha turli mamlakatlar bilan charter reyslar tashkil qilinmoqda. Navbatdagi charter aviaqatnovi Rossiyaning Sankt-Ptereburg shahri va Toshkent orasida amalga oshiriladi.

Tashqi migrasiya agentligining rasmiy telegram kanalida ushbu bir martalik tashuv, ya`ni ertaga – 27 may kuni tashkil etiladigan Toshkent – Sankt-Peterburg – Toshkent charter reyslari bo`yicha axborot berildi.

Xabarda aytilishicha parvozga chiqishga konsullik muassasalari tomonidan ro`yxatga olingan fuqarolarga ruhsat beriladi. Bu ro`yxat Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga taqdim etiladi va ushbu ro`yxat asosida fuqarolar samolyot bortiga kiritiladi.  

Birinchi navbatda bemor fuqarolar, yosh bolali va homilador ayollar hamda keksa yoshdagi fuqarolar, shuningdek bekor qilingan doimiy aviaqatnovlarga chipta xarid qilgan fuqarolar samolyotga chiqariladi.  

Chiptalarni fuqarolar parvozdan 4 soat oldin xorijiy mamlakat xalqaro aeroportlaridagi Uzbekistan Airways aviakompaniyasining kassalaridan olishlari mumkin.  

O`zbekistonga qaytgan barcha fuqarolar 14 kundan kam bo`lmagan muddatga karantin markaziga joylashtiriladi.

 

Шарҳлар