my5
Sevimli

Facebook davlat nazoratidagi OAVlarni belgilashni boshladi

Hi-tech 05.06.2020, 21:14
Facebook davlat nazoratidagi OAVlarni belgilashni boshladi

Facebook davlat nazoratidagi ommaviy axborot vositalarini belgilashni boshladi, deb xabar bermoqda AOKA.

«Biz odamlarga Facebookda ular ko`rayotgan xabar ortida kim turganini tushunishda yordam berishni xohlaymiz», deydi tarmoq kiberxavfsizlik bo`limi boshlig`i.

Facebook davlat nazoratidagi OAVlarni aniqlash uchun bir nechta belgilarga e`tibor qaratadi. Shu jumladan:  

tashkiliy tuzilma, ya`ni aksiyadorlar, hamkorlar, tashkilot boshqaruv kengashi a`zolari, rahbariyati, davlat tomonidan tayinlanadigan rahbarlar;

manbalarni ko`rsatishdagi shaffoflik, mustaqillik va xilma-xillik kabi tahririyat qoidalari;

taxririyat boshqaruvi va xodimlari xaqidagi ma`lumotlar;

moliyalashtirish manbalari;

tuzatish choralari, shikoyat qilish tartibi, tashqi baholash va nazorat kengashlari kabi boshqaruv va javobgarlik mexanizmlari.

Agar tashkilot Facebook qaroriga e`tiroz bildirmoqchi bo`lsa, qo`shimcha hujjatlarni taqdim etib, apellyasiya berishi mumkin.

Belgilar «Ad Library Page», «Pages» oynasida va «Page Transparency» (sahifa shaffofligi) bo`limida aks ettiriladi

Шарҳлар