my5
Sevimli

Xitoyning Huawei kompaniyasi tana haroratini o`lchash imkoniyatiga ega yangi smartfonini taqdim etdi

Hi-tech 11.06.2020, 17:40
Xitoyning Huawei kompaniyasi tana haroratini o`lchash imkoniyatiga ega yangi smartfonini taqdim etdi

Xitoyning Huawei kompaniyasi 3 iyun kuni o`zining tana haroratini o`lchash imkoniyatiga ega yangi Honor Play 4 Pro smartfonini taqdim etdi.

Arstechnica bergan xabarga ko`ra, smartfonning orqa kamerasiga infraqizil o`lchagich o`rnatilgan va tana haroratini o`lchash uchun uni peshonaga yaqinlashtirish kerak bo`ladi. Undagi infraqizil o`lchagich -20 dan 100 gacha bo`lgan darajadagi haroratni ko`rsata oladi.

Smartfondagi termometrdan nafaqat tana haroratini o`lchashda, balki boshqa maqsadlarda, shu jumladan suv harorati yoki xona haroratini o`lchash uchun ham ishlatish mumkin.

 

Шарҳлар