my5
Sevimli

TATU talabalari abiturientlarga imtihon geomanzilini ko`rsatib beruvchi maxsus mobil ilova ishlab chiqishdi

Hi-tech 23.06.2020, 08:41
TATU talabalari abiturientlarga imtihon geomanzilini ko`rsatib beruvchi maxsus mobil ilova ishlab chiqishdi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari tomonidan 2020-2021-o`quv yili qabulida oliy ta`lim muassasalarining bakalavriat ta`lim yo`nalishlari uchun test sinovlarini o`tkazish rejalashtirilgan binolarning geomanzilini ko`rsatib beradigan “ImtihonGo” nomli maxsus mobil ilova yaratildi.

“ImtihonGo” mobil ilovasi Davlat test markazi tomonidan e`lon qilingan 2020-2021 o`quv yili qabulida oliy ta`lim muassasalarining bakalavriat ta`lim yo`nalishlari uchun test sinovlarini o`tkazish rejalashtirilgan binolarning geomanzillari asos qilib olingan hamda shu manzillar ilovaga kiritilgan.  

Ilova mualliflari TATU magistri G`.Nazarov hamda “Radio va mobil aloqa” fakulteti talabasi H. Baxtiyorovlardir.

- Har bir yaratilgan dastur yoki startap qandaydir ma`noda insonlarning og`irini engil qilishi, ortiqcha vaqt, harajatdan forig` bo`lishiga yordam berishi kerak. Biz ham “ImtihonGo” mobil ilovasi orqali mamlakatimizdagi minglab abiturientlarni yaqin oylarda bo`lishi kutilayotgan test sinovlarini topshirishda ortiqcha qiyinchiliklarsiz, kerakli manzilga tez va aniq etib borishda  ko`mak bermoqchimiz, – deydi loyiha muallifi G`.Nazarov.

Ilovaga yurtimizdagi oliy ta`lim muassasalarining bakalavriat ta`lim yo`nalishlari uchun test sinovlarini o`tkazish rejalashtirilgan binolar ro`yxati hamda geomanzillari to`liq kiritilgan.  

Agarda biror sabablarga ko`ra DTM tomonidan ko`rsatilgan manzillarda yangilanish vujudga kelsa, ilovani ham tezda yangilash, o`zgartirishlari tezda qo`shish va bu o`zgarishni foydalanuvchilarga etkazish reja qilingan.

Ayni vaqtda mobil ilova foydalanishga tayyor bo`lib, Google Play platformasiga joylashtirilgan.

Шарҳлар