my5
Sevimli

Apple kompaniyasi Mas kompyuterlari uchun Intel chiplaridan voz kechmoqda

Hi-tech 24.06.2020, 09:35
Apple kompaniyasi Mas kompyuterlari uchun Intel chiplaridan voz kechmoqda

Apple kompaniyasi dushanba kuni Mas kompyuterlarini yaratishda endilikda o`z prosessorlaridan foydalanishi haqida xabar berdi. Yangi prosessorlar bilan jihozlangan kompyuterlar joriy yildan boshlab etkazib beriladi.

iPhone ishlab chiqaruvchi kompaniya shu tariqa Intel Sorp bilan deyarli 15 yillik hamkorlikni yakunlashga qaror qildi.

Apple rahbari Tim Kuk bu harakat kompaniya uchun yangi davrning boshlanishini belgilashini aytdi.

Mas kompyuterlari endilikda iPhone va iPad  bilan birga bir qatorda turadi, ushbu uskunalar allaqachon Apple prosessorlaridan foydalanadi. Kukning so`zlariga ko`ra, yangi prosessorlarga o`tish jarayoni taxminan ikki yil vaqt talab etadi.

Шарҳлар