AsosiyJAMIYAT

“Koronavirusdan vafot etgan bemorning murdasi 15 soat shifoxonaning ichida turdi”. G`uzorda karantinga yopilgan shoshilinch tez tibbiy yordam bo`limida vaziyat yomonligi aytilmoqda (Video)

G`uzor tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli shoshilinch tez tibbiy yordam bo`limi va jonl...

'“Koronavirusdan vafot etgan bemorning murdasi 15 soat shifoxonaning ichida turdi”. G`uzorda karantinga yopilgan shoshilinch tez tibbiy yordam bo`limida vaziyat yomonligi aytilmoqda (Video)'ning rasmi

G`uzor tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli shoshilinch tez tibbiy yordam bo`limi va jonlantirish bo`limida ishlovchi bir guruh tibbiyot xodimlari tomonidan «Nasafnews»ga murojaat kelib tushgan. Videomurojaat yo`llagan tibbiyot xodimlari karantinda saqlanayotganlarga yaratilgan sharoitlar qoniqarsiz ekani haqida hikoya qilishadi. Muxbirimiz bilan suhbatlashgan shifokorlarning so`zlariga ko`ra, ayni paytda 20 nafarga yaqin tibbiyot xodimlari virus o`chog`ida qolishganini ma`lum qilishgan.

– 28 iyun kuni 64 yoshli S.H.ni  tez tibbiy yordam bo`limiga og`ir ahvolda olib kelishdi. Koronavirus alomatlari bor bemorni nega yuqumli kasalliklar shifoxonasi emas, aynan bizning bo`limga olib kelishganiga hayronmiz. Shundan so`ng, bemor vafot etdi. Vafot etgandan so`ng ham uning murdasini hech kim bo`limdan olib chiqmadi. Hamma tibbiyot xodimlari hattoki ma`muriyat o`zini olib qochdi. Murda 15 soat shifoxonaning ichida turdi. Hamshiralar bilan bir ammallab o`zimiz bemorni olib chiqdik,- deydi reanematolog shifokor. (shifokor o`z ismini sir qolishini aytdi)

– Bizning ahvolimiz bilan hech kimning ishi yo`q. Hammani karantin deb tiqib tashlashdi. Eng yomoni qo`l yuvishga ham sharoit yo`q. Hovuzdan suv olishga ham qo`rqib qolganmiz. Tibbiy niqob, qo`lqop, birlamchi dori vositalari etishmaydi. O`zimiz virus o`chog`ida turibmiz. Ammo sharoit bo`lmasa qanday virusdan himoyalanamiz, – deydi shifokorlardan biri.
 

Shifokorlarning ma`lum qilishicha, marhumning akasi va turmush o`rtog`iga ham koronavirus yuqqanining ehtimoli yuqori. Hozirda ular bo`limdan viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yuborilgan. Biz mazkur holat bo`yicha hamma narsani yashirayotgan va holat bo`yicha aniq axborot bermay turgan Qashqadaryo viloyat sog`liqni saqlash boshqarmasidan emas, Sog`liqni saqlash vazirligidan aniq izoh kutamiz.

Boshqa yangiliklar