my5

SSV: Mazkur vidoelavha barchamiz uchun achchiq saboq bo`lishi kerak. Ertaga o`zimiz yoki yaqinlarimizning ham koronavirusga chalinmasligiga hech kim kafolat bera olmaydi (Video)

Jamiyat 06.07.2020, 14:41
Теглар: Video
5754
SSV: Mazkur vidoelavha barchamiz uchun achchiq saboq bo`lishi kerak. Ertaga o`zimiz yoki yaqinlarimizning ham koronavirusga chalinmasligiga hech kim kafolat bera olmaydi (Video)

Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining ogohlantirishicha, koronavirus infeksiyasining dunyo mamlakatlari aholisi orasida tarqalishi yanada shiddatli tus olmoqda.

Jumladan, bizga qo`shni mamlakatlarda ham so`nggi kunlarda aholi orasida kasallik qayd etilganlar soni keskin ko`payishi natijasida, tibbiyot tizimi katta bosim bilan ishlamoqda, joy va dori-darmon taqchilligi yuzaga kelgan. Yurtimizda ham oxirgi kunlarda aholi orasida kasallik qayd etilishi sezilarli darajada oshgan. So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, ayni paytda mamlakatimizda “COVID-19” aniqlanganlar 10143 nafarni tashkil etmoqda.

Shundan 6584 nafari sog`aygan bo`lsa, o`lim ko`rsatkichi 35 nafarga etdi. Davolanayotgan bemorlar 3524 nafar bo`lib, shundan 285 nafari o`rta og`ir, 25 nafari og`ir, 8 nafari esa o`ta og`ir ahvolda. Bemorlarning 172 nafarida pnevmoniya jarayoni kechmoqda. Yurtimizda koronavirus bilan bog`liq har qanday xavotirli holatga qarshi oldindan zarur choralar ko`rilgan bo`lsa-da, koronavirus yuqtirganlarning oshib borayotgani barchamizni xushyor torttirishi lozim. Hozirda ko`pchiligimiz koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish, uning oqibatlari haqida ko`plab ma`lumotlardan xabardormiz. Uning tez yuquvchanligi va alomatlari borasida ham ma`lum tushunchalarga egamiz. 

Ammo “COVID-19”ga chalingan bemorlarning ahvolini o`z ko`zingiz bilan ko`rganingizda yanada xushyor bo`lib, karantin qoidalariga qat`iy rioya etishning qanchalik muhim ekanligiga yana bir bor amin bo`lasiz. Respublika Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasidan olingan quyidagi videolavhada, guvohi bo`lganingizdek, bemorda koronavirus infeksiyasi o`ta og`ir kechmoqda.Ahvoli og`irlashgani bois, shifokorlar tomonidan sun`iy nafas olish apparatiga ulanib, tezkor reanimasion tibbiy muolajalar ko`rsatilmoqda.

Mazkur vidoelavhadagi jarayon barchamiz uchun achchiq saboq bo`lishi kerak. Ertaga o`zimiz yoki yaqinlarimizning ham koronavirusga chalinib, shu ahvolga tushmasligimizga hech kim kafolat bera olmaydi. Chunki, yon-atrofimizda kasallik tashuvchi bo`lib yurganlar yoki koronavirusga chalingan bo`lsa-da, hali alomatlari yuzaga chiqmagan fuqarolar bo`lishi mumkinligini aholi orasida kasallikni yuqtirib olayotganlarning ko`payib borayotganida ham ko`rish mumkin. 

Bunday vaziyatda koronavirus tarqalishining oldini olishda aholining karantin qoidalariga rioya etishi tibbiyot xodimlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar sa`y-harakatlaridan ham ko`ra, samaraliroq hisoblanadi. Shu bois, Sog`liqni saqlash vazirligi aholini imkon qadar faol muloqotdan, turli tadbirlar o`tkazishdan tiyilishlarini, va albatta, ijtimoiy masofa saqlash, qo`llarni yaxshilab qayta-qayta yuvish, ko`chaga chiqqanda niqobni to`g`ritaqish kabi karantin qoidalariga qat`iy rioya etishlarini so`rab qoladi.

Шарҳлар

Xonanda Kaniza koronavirusga chalinganini ma`lum qildi (Video)

17.07.2020, 13:35

Ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Kanizaning koronavirusga chalingani haqida gapirgan videolavha tarqaldi.Unda Kaniza koronovirusga chalinganiga sakkiz kun bo`lganligini, ahvoli borgan sari yomonlashayotganini, necha marotaba qo`ng`iroq qilayotganiga qaramay,...
O`rtasaroy karantin zonasidagilar och holatda ushlab turilganliklarini ma`lum qilishdi (Video)

09.07.2020, 15:16

Toshkent, O`rtasaroy karantin zonasidagi holat... Karantinga olinganlar:"18 kun bo`ldi, bizni hali ham ushlab turishibdi. Kecha obeddan beri ovqat berishgani yo`q. Nega bizni ushlab turishibdi?!" Mazkur holatni...
O`zbekistonda koronavirus bemorlari uchun ajratilgan barcha koykalar to`lgani ma`lum qilindi (Video)

08.07.2020, 15:18

Bu haqda SSV shtabi a`zosi, professor Habibulla Oqilov ayni daqiqalarda davom etayotgan brifingda aytib o`tdi. So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, mamlakatda 3986 kishi koronavirusdan davolanmoqda.
O`z sog`ligiga e`tiborsizlik bilan qaragan bemorda koronivirus og`ir kechmoqda (Video)

08.07.2020, 14:50

Videolavhada guvohi bo`lganingizdek, sun`iy nafas olish apparatiga ulangan bemorning ahvoli nihoyatda og`ir kechmoqda. Shifoxonalarimizda tez-tez yuz berayotgan bu kabi achinarli holatlarni ko`p eshitganmiz, ammo bundan...