1

Namanganda zirak o`g`risi qo`lga tushdi

Jinoyat 10.12.2015, 15:24
Namanganda zirak o`g`risi qo`lga tushdi

Namanganda qo`shnisining uyida yolg`iz bo`lgan qizning ziraklarini o`g`irlab ketgan shaxs jazoga tortildi. Bu haqda  IIV matbuot xizmatiga tayangan holda  “uz24.uz” sayti xabar bermoqda.

Namangan viloyati Namangan tumani ichki ishlar bo`limiga 36 yoshli erkak kishi murojaat qilib, qo`shnilaridan biri uning uyiga kirib o`g`irlik sodir etganligi haqida xabar bergan.

Ma`lum bo`lishicha, qo`shnilaridan biri uning uyiga kirib, uyda yolg`iz bo`lgan qizi  8-sinf o`quvchisining qulog`idan sariq metalldan yasalgan ziraklarini echib olib, voqea joyidan yashiringan.
Tuman ichki ishlar bo`limi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida ushbu talonchilikni 34 yoshli fuqaro sodir etgani to`liq fosh qilindi va u qo`lga olindi.
Mazkur holat bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1