1

Farg`onada “Baxti Tashkentskiy” va “Salimboyvachcha”ga aloqador shaxs qo`lga olindi

Jinoyat 24.06.2024, 17:36
Farg`onada “Baxti Tashkentskiy” va “Salimboyvachcha”ga aloqador shaxs qo`lga olindi

Farg`ona viloyatida olib borilgan tezkor tadbirlar davomida jinoyat olami vakillari bilan yaqin aloqada bo`lgan va bir qancha jinoyatlarni sodir etishda gumonlanayotgan shaxs qo`lga olindi. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

Ma`lum qilinishicha, Farg`ona viloyati Qo`shtepa tumani “Baland masjid” MFYda yashovchi, muqaddam Jinoyat kodeksining 166-moddasi (talonchilik) 2-qismi bilan sudlangan 36 yoshli Abdullo Egamberdiev “polojenes” maqomiga erishish uchun harakat qilayotgan shaxs to`g`risida ma`lumotlar olingan.

U 2022−2023 yillarda “Baxti Tashkentskiy” qonundagi o`g`ri maqomini olgan Baxtiyor Qudratilloev hamda “Salimboyvachcha” — Salim Abduvaliev bilan tanishib, yaqin aloqada bo`lib, jinoyat olamida etakchilikka intilib kelgan.

Tezkor tadbirda Abdullo Egamberdiev Farg`ona shahrining Qirguli mavzesida qo`lga olingan.

Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 2-qismi “a”, “b”bandlari, 28-moddasi orqali 211-moddasi (pora berish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1