1

Dunyodagi eng shov-shuvli jinoyatlar

Jinoyat 07.01.2016, 14:41
Dunyodagi eng shov-shuvli jinoyatlar

QOYILMAQOM O`G`IRLIK

1968 yil, 10 dekabr. Yaponiya, Tokio. Nihon Shintaku Ginko bankining to`rt nafar xodimi mashinada Toshiba kompaniyasi xodimlari uchun atalgan 300 million ienani olib ketayotgandi. To`satdan ularni motosikl mingan polisiyachi to`xtatdi. Jinoyatchilar bankni portlatib yuborgani, mashinaga ham bomba o`rnatilganini aytganida, bank xodimlari sarosimaga tushdi. Polisiyachi ularni mashinadan tushirib, ko`zdan kechira boshladi. Bir mahal mashinadan tutun chiqa boshladiyu, bank xodimlari o`zlarini chetga olishdi. Fursatdan foydalangan polisiyachi mashinaga o`tirib, juftakni rostladi... Tergov davomida 100 mingdan ortiq gumondor so`roqqa tutilgan bo`lsa-da, kuppa-kunduzi 300 million ienani o`marib ketgan «polisiyachi» topilmadi.

 “KONSERT”NING O`G`IRLANIShI

1990 yil, 18 mart. Boston. Yarim tunda polisiya kiyimidagi ikki o`g`ri mumtoz va zamonaviy san`at asarlariga boy Izabella Styuart Garder muzeyining eshigini taqillatib, chaqiruv bo`yicha kelishganini aytishadi. Aslida bu paytda qo`riqchilar eshikni ochmasligi kerak edi, biroq ular yosh va tajribasizlik bo`lgani uchun eshikni ochishgan. Ichkariga kirgan «polisiyachilar» ikki qo`riqchini ham erto`ladagi trubaga qo`lidan kishanlab qo`yishadi va muzeydan umumiy qiymati 500 million dollar bo`lgan 13 ta eksponatni olib chiqib ketishadi. Muzeyning tunalgani ertalab, uchinchi qo`riqchi smena almashishga kelganida oshkor bo`ladi... O`g`irlangan asarlarning joyi hamon bo`sh. Ularga doir har qanday ma`lumot uchun 5 million dollar va`da qilingan.

EYFELNI SOTGAN FIRIBGAR

Bugun Fransiya ramzi bo`lgan Eyfel minorasi bir paytlar bir uyum temir sifatida metallolomga topshirilishiga bir bahya qolgan. Dunyodagi eng iste`dodli tovlamachi deb tan olingan Viktor Lyustig o`tgan asrning boshlarida Eyfel teleminorasini sotdi...

Bitimlar juda tez va hech qanday to`siqsiz tuzildi. Minora «Puasson» firmasining egasi Andre Puassonga sotildi. Eyfelning buzilmasligi ma`lum bo`lganda esa Lyustig chamadon to`la pul bilan allaqachon Venaga qochib ketgandi. Qizig`i shundaki, oradan bir necha yil o`tib, Lyustig yana Parijga qaytadi va ikkinchi marta Eyfelni sotish harakatiga tushadi. O`sha usul, o`sha qoidalar bilan. Ammo bu gal uning ishi yurishmaydi.

MasterCarddagi bosqinchilar

2005 yilning yozida firmalar va banklar to`lovlari bo`yicha ishlaydigan CardSystems Solutions Inc. prosessing markaziga hujum oqibatida MasterCard International va Visa kompaniyalari kattagina zarar ko`rdi. Xakerlar virus yordamida 40 millionta kredit kartasi haqidagi ma`lumotlarni va deyarli 3 million dollarni o`zlashtirishgan. Ayrim mutaxassislar bu jinoyatga MasterCard xodimlari ham aralashgan, degan xulosaga kelishgan.

 AQSh banklaridan 70 million dollar o`g`irlandi

«Sharqiy Evropa xakerlari AQSh banklaridan 70 million dollarni o`g`irladi!» Bu gap 2010 yilning kuzida ko`plab ommaviy axborot vositalarining bosh sarlavhasiga aylandi. O`shanda Citigroup bankidan 3 million dollar o`g`irlagan 6 nafar xaker ushlangan edi. Ammo tergov chog`ida o`marilgan summa 70 million dollar ekanligini ayon bo`ldi. FQB ma`lumotiga ko`ra, xakerlar yana 220 million dollarni o`g`irlamoqchi bo`lishgan. Bu jinoyat bo`yicha 20 kishi qo`lga olingan. Xakerlar elektron pochta yordamida Citigroup Inc. guruhiga kiruvchi beshta bankka ZeuS Trojan virusini yuqtirishgan va hisoblarning parollarini o`zlashtirishgan.

 QALBAKISI ASLIDAN YaXShIMI?

Rossiyalik sanoatchi – Demidovlar o`z zavodlarida shoh tangalarini shunchalik o`xshatib yasashganki, ancha vaqtgacha ikkala pullar ham bemalol ishlayvergan.

Napoleon Rossiya iqtisodini emirish uchun maxsus ustaxona qurdiradi va qalbaki rubllar ishlab chiqarishni yo`lga qo`yadi. Bu pullar shu darajada sifatli ediki, xom-ashyosi asl rubllardan ham sifatliroq ekanligi tufayli ham sezilib qoladi.

 QARINDOShI PAND BERDI

Polshalik quruvchi-muhandis Cheslav Boyarski 16 yil davomida qalbaki pul yasayversada, qo`lga tushmadi. Nihoyat ehtiyotsizligi uning ham boshiga etdi. 1966 yilda ishlab chiqarish jarayoniga qarindoshini jalb qildi va unga ham tabiiyki o`z pullarida haq to`ladi. Qarindoshi esa bu pullarga qimmatli qog`ozlar sotib oldi va kuzatuv ostiga tushdi hamda oxir oqibat Boyarskini ham tutib berdi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1