1

Maqsadiga etolmagan kimsalar

Jinoyat 08.01.2016, 17:05
Maqsadiga etolmagan kimsalar

Ota-onasining xizmatini qilib, ularning duosini olib yurgan Shokirni nima jin urdiyu, ishlash uchun xorijga ketaman, deya oyoq tirab turib oldi. Shunday kunlarning birida kechki ovqat mahali onasi:

         – Bolam, kecha televizorda odam savdosi haqida ko`rsatuv bo`ldi, unda ko`p pul opish ilinjida xorijga ketib qul bo`lib qolganlar bu ishlaridan pushaymonda ekanliklarini aytishdi. Musofirlikda kim biladi, qanday yashaysan, ish beruvchilaring qanday odamlar bo`ladi, ishqilib sen ham aldanib qolmaysanmi, – deb so`radi.

         – Yo`q, oyi, xavotirlanmang. Meni narigi mahalladagi Aziz aka borku, to`rt ukasini ham xorijga, yoniga chaqirib olgan, o`sha kishi ishga taklif qilayaptilar. Qarang, besh aka-uka bir yilda uyini qasrdek qilib olgan, eshigining tagida ikki-uchtalab «inomarka» mashina tizilib turadi. Xudo xohlasa, bir yil ishlab kelaman. Buyoqda nevarangiz ham katta bo`layapti, uning kelajagi uchun sarmoya yig`ish kerak.

         – O`g`ling ro`zg`orni kam-ko`stini butlashni o`ylayapti. Sen esa nimalarni tashvishini qilasan-a, onasi, – deya suhbatga qo`shilgan otasining bu gapidan keyin Shokirning fikri yanada qat`iylashdi.

Mushtipar onaizorning ko`ngli xijil bo`lsa-da, ortiq qarshilik qilmay qo`ydi. Shokir ham tez orada barcha kerakli hujjatlarni to`plab may oyida xorijga jo`nab ketdi. U erda uni mahaladoshi Aziz kutib oldi, ukalari yashayotgan xonadonga joylashtirdi, va`da qilganidek, maoshi durustgina ish ham topib berdi.

Bor g`ayrat-shijoati bilan, orzu umidlarda ish boshlagan Shokir o`zi ixlos qo`ygan, har qadamidan namuna olishga urinayotgan Aziz akasining asli kasbi nimaligi, qanday ish bilan shug`ullanishini to`liq anglab etmas, eng dahshatlisi, mana shu ixlosi kun kelib uning yuzini qora, boshini xam qilishini hatto tasavvur ham qilmasdi.

 Aziz, uning to`rt nafar ukasi har kuni ish tugagach, kechki ovqatdan so`ng bir piyola choy ustida din, namoz, islom amallarini to`g`ri bajarish borasida suhbatlashar, ba`zan biror masala yuzasidan bahslashib qolar edilar. Shunday o`tirishlarda aka-ukalar O`zbekistonda siyosiy tizim noto`g`ri yo`lga qo`yilgani, allaqason islom davlatini  qurish kerakligini tinmay ta`kidlashardi. Shokir ham bora-bora bu suhbatlarda boshqalarga so`z bermaydigan bo`ldi. Eng achinarlisi, u g`ayriqonuniy diniy tashkilotning eng faol a`zolaridan biriga aylandi. O`zini bir jamoat deb e`lon qilgan bu kimsalarning oldiga tez-tez notanish shaxslar kelib turar, tashkilotlarida bo`layotgan yangiliklar, «rahnamo»larining topshirig`ini etkazib ketardi.

Yoz oylarida ular ishlayotgan fermaga yana 9 nafar o`zbek yigiti kelib qo`shildi. Bu orada Shokir jamoatning etakchilaridan biri bo`lmish Abdulloh bilan tanishdi, uning da`vatiga binoan chet davlatlardagi harbiy lagerlarda shug`ullanayotgan safdoshlaridan, qolaversa, O`zbekistonda islomni himoya qilish yo`lida  nohaqlikka uchrab qamalganlarning oilasiga baytulmol, yordam puli deya  har oyligidan 200 AQSh dollaridan bera boshladi.

Kundan-kunga chiroy ochib, taraqqiy topib borayotgan jannatmonand go`shadagi tinch hayotni, farovon turmushni ko`ra olmayotganlar, barqaror siyosiy tizimga darz etkazmoqchi bo`lganlar g`araz rejalarini amalga oshirish uchun qizg`in tayyorgarlik ko`rishardi. Ularga sodda, ishonuvchan odamlar, aniqrog`i tayyor «o`lja» kerak edi. Jamoat yig`ilishlarida enda gap faqat ko`proq pul to`plash, odam yig`ish, jihodga tayyorgarlik ko`rish haqida borardi. Shunday kunlarning birida Aziz jihod qilishga ayni vaqtda iloj yo`qligini, ularni sezib qolishganini, shuning uchun endi har kuni ertalab turib, bir soatdan badantarbiya bilan shug`ullanishlari lozimligini aytdi.

Ushbu jinoiy guruh a`zolari har oyligidan 100, 200 AQSh dollaridan yig`ib berishar, O`zbekistondagi, xorijda ishlayotgan tanishlariga qo`ng`iroq qilib, maoshi yaxshi oyda ishlayotganini aytib, ularni ham yoniga chaqirishardi. Noqonuniy diniy oqim a`zosi J. Shoqosim ayblanuvchi tariqasida so`roq qilinganida ushbu jamoat yig`ilishlarida ular musulmonlar kofirlarga qarshi kurashish uchun tayyorgarlik ko`rishgani, kelajakda ularga qarshi urush e`lon qilib, musulmon davlatini qurish oliy maqsad ekanligini qayta-qayta ta`kidlashgani haqida ko`rsatma bergan.

         – Ular avvaliga islom dini to`g`risida, payg`ambarlar va ularning sahobalari,  ularning jasoratlari haqida gapirishardi. Bora-bora harbiy lagerlarga hijrat qilish, u erdagi jangarilarga borib qo`shilish uchun tayyor bo`lishlari, islom dini uchun kurashish kerakligi, yagona xalifalik davlatini qurish lozimligi, O`zbekistonda musulmonlar qiynalayotganini ko`p aytishardi, – deydi ayblanuvchi N. Umrbek. – Shuning uchun ularga yordam berish zarurligini ta`kidlab baytulmol uchun pul yig`ishardi. Bundan tashqari hijrat qilish uchun xorijga chiqa olmaganlar ishlagan pullaridan berishlari farzligi ko`p uqtirilardi. Biz ishlayotgan vaqtimizda jamoatga yana etti kii kelib qo`shildi. Suhbatlarda jihod, shahidlik haqidagi videofilmlar ko`rar, oqim rahnamolarining ma`ruzalarini tinglar edik,– deydi u.

Respublikamizdagi tinch hayotga raxna solmoqchi bo`lgan kimsalarningXXXXX deyarli barchasi, jumladan, yuqorida ismlari zikr qilinganlar ham bugun qonun oldida javob berayaptilar. Ular odil sud hukmiga binoan vaqti kelib o`z jazolarini oladilar. Ammo bu ularning chirk bosgan qalbini tozalarmikin?!

Dilshod QURBONOV,

kapitan.

Guli Nigor AVAZOVA,

jurnalist

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1