1

Ayollar futboli bo`yicha yangi tartib joriy qilindi

Sport 16.01.2021, 16:59
Teglar: Ayollar futboli
Ayollar futboli bo`yicha yangi tartib joriy qilindi

Ayrim futbolchi va mutaxassislar kelishilgan o`yinlarda qatnashganligi, totalizatorlik faoliyati bilan shug`ullangan shahslarga yordam berganligi uchun 1 yildan 5 yilgacha bo`lgan muddatlarga futbol bilan bog`liq har qanday faoliyatdan chetlatildi.Bu huaqda O`FA Etika qo`mitasining yig`ilishida aytildi.

O`zbekiston futbol assosiasiyasi Futbol faoliyatini nazorat qilish bo`yicha maxsus inspeksiyasi tomonidan 2020 yil 5 oktyabrda kelishilgan o`yinlarda qatnashish, totalizatorlik faoliyati bilan shug`ullanish bo`yicha ayollar futbol klublari vakillari bilan profilaktik suhbat o`tkazilganligiga qaramasdan ayollar futbolida ushbu faoliyat bilan shug`ullangan shahslar aniqlandi.

Futbol sohasida faoliyat yuritgan sobiq mutaxassislar hamda ushbu sohaga aloqador bo`lmagan shahslar tomonidan “Guli” (Navoiy), “Navbahor” (Namangan), “Metallurg” (Bekobod) va “Bunyodkor” (Toshkent) ayollar klubi vakillarining ko`rsatmalariga asosan ularga haq evaziga kelishilgan o`yinlarda qatnashish va totalizatorlik faoliyati bilan shug`ullanish bo`yicha taklif bilan chiqilganligi ma`lum bo`ldi.

Aniqlangan holatlar bo`yicha O`FA maxsus inspeksiyasi tomonidan tegishli ma`lumotlar to`planib, O`FA Etika qo`mitasiga ko`rib chiqish va qaror qabul qilish uchun topshirildi.

Sharhlar

"Nasaf" va "Sevinch" jamoalari birlashtirilishi mumkin

18.01.2022, 23:20

PFL matbuot xizmati xabar berishicha, 2021-yilda ayollar o`rtasidagi mamlakat chempionati Oliy ligasida 10 ta jamoa ishtirok etdi.Qarshining “Sevinch” jamoasidan tashqari barcha jamoa Superliga klublari qoshida...
“Bunyodkor” ayollar jamoasi Osiyo Chempionlar ligasida ishtirok etish uchun Iordaniyaga jo`nab ketadi

03.11.2021, 00:16

Ma`lumki, mamlakatimizning 2020 yilgi chempioni “Bunyodkor-W” tarixda ikkinchi bor o`tkazilayotgan Chempionlar ligasida ishtirok etadi.Iordaniyaning Aqaba shahrida bo`lib o`tadigan musobaqada to`rt jamoa g`oliblik uchun kurash olib...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1