1

"Nasaf" va "Sevinch" jamoalari birlashtirilishi mumkin

Sport 18.01.2022, 23:20
Teglar: Ayollar futboli
"Nasaf" va "Sevinch" jamoalari birlashtirilishi mumkin

PFL matbuot xizmati xabar berishicha, 2021-yilda ayollar o`rtasidagi mamlakat chempionati Oliy ligasida 10 ta jamoa ishtirok etdi.

Qarshining “Sevinch” jamoasidan tashqari barcha jamoa Superliga klublari qoshida tashkil etilganligi bois Professional maqomga ega bo`ldi (O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlisining 2012-yil 18-dekabridagi 293-sonli Bayonnomasi asosida). 13 karra chempion, ikki marotabadan kumush va bronza medallari sohibi, o`n karra O`zbekiston Kubogi g`olibi, ikki marotaba Superkubok egasi “Sevinch” 2003-yildan buyon alohida, ayollar professional futbol klubi maqomida faoliyat yuritib keldi. 

"2022-yilning yanvar oyida “Sevinch” jamoasini “Nasaf” PFK tarkibiga kiritish rejalashtirilgan. 

“Nasaf” PFKning ham, “Sevinch” klubining ham ta`sischisi “Sho`rtangazkimyo” majmuasi hisoblanadi. 

Qashqadaryo viloyatining erkaklar va ayollar bosh jamoalari hisoblangan “Nasaf” PFK va “Sevinch” klublarini birlashtirish ham aynan ta`sischining rejasi asosida amalga oshirilyapti", - deyiladi xabarda. 

Sharhlar

“Bunyodkor” ayollar jamoasi Osiyo Chempionlar ligasida ishtirok etish uchun Iordaniyaga jo`nab ketadi

03.11.2021, 00:16

Ma`lumki, mamlakatimizning 2020 yilgi chempioni “Bunyodkor-W” tarixda ikkinchi bor o`tkazilayotgan Chempionlar ligasida ishtirok etadi.Iordaniyaning Aqaba shahrida bo`lib o`tadigan musobaqada to`rt jamoa g`oliblik uchun kurash olib...
Ayollar futboli bo`yicha yangi tartib joriy qilindi

16.01.2021, 16:59

Ayrim futbolchi va mutaxassislar kelishilgan o`yinlarda qatnashganligi, totalizatorlik faoliyati bilan shug`ullangan shahslarga yordam berganligi uchun 1 yildan 5 yilgacha bo`lgan muddatlarga futbol bilan bog`liq har...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1