1

U shunchaki shahar emas... Yoxud dunyoni o`ziga rom etgan Istanbulning siri nimada? (fotoreportaj)

Jamiyat 26.01.2021, 10:47
Teglar: Foto, Turkiya
U shunchaki shahar emas... Yoxud dunyoni o`ziga rom etgan Istanbulning siri nimada? (fotoreportaj)

Turkiya madaniyat va turizm agentligi tomonidan o`zbekistonlik jurnalist va blogerlar uchun Istambul, Antaliya va Kapadokiya shaharlariga navbatdagi sayohat uyushtirildi. Ayni paytda o`zbekistonlik OAV xodimlari, xususan, "darakchi.uz" jurnalisti ham afsanaviy Istanbul shahrida bo`lib turibdi. 

Sayohatimizning ilk kuni, albatta dunyoning eng qaynoq nuqtalaridan hisoblangan Istanbul markaziy ko`chalarida bo`ldi. Asrlar mobaynida Istanbulda bir nechta madaniyat iz qoldirgan. Bugun ularning ta`sirini o`z ko`zingiz bilan ko`rishingiz mumkin, buning uchun shunchaki, shahar ko`chalari bo`ylab yurish kifoya: Sulton Ahmet va XIX asrdagi Evropani eslatuvchi oqlangan Beyogluning muqaddas joylaridan tortib, zamonaviy Nishantashi kvartaligacha, Kadikoydagi klublar va Beshiktoshning futbolni sevadigan ko`chalari... Bu maskanga kelganlarning yagona iqrori: Istanbul - bu shunchaki shahar emas, balki bir nechta shahar, yoki shaharlarning shahari.

Shahar ko`chalari bo`ylab aylanar ekansiz, Siz qiziqarli aksiyalar va yirik chegirmalar asosida buyumlar sotib olish imkoniga ega bo`lasiz. Shuningdek Istanbulda hali ko`rib ulgurmagan tadbirlar ishtirokchisiga aylanasiz. Savdo festivali, tarixiy meros, boy madaniyat, tansiq taomlar, savdo va bitmas tuganmas ko`ngilxushliklarni Istanbul shahri bir-biriga bog`laydi. Yorug` va rang-barang ko`chalar, yirik savdo majmualarida siz o`zingizga yoqqan narxlarda barcha narsalarni topishingiz mumkin, har xil syurprizlar esa sayohatning ajralmas qismi bo`lib qoladi.

Shaharda ozodalik va tartib mujassam. Odamlar bilan gavjum markaziy ko`chalarda mushuk va itlaring uchrashi va ularning insonlardan cho`chimay yurishi oddiy holat ekan. Siz ularga yaqin borishingiz, bemalol ularni erkalatishingiz yoki biror egulik bilan mehmon qilishingiz mumkin.

Istanbul markaziy ko`chalari bir vaqtning o`zida ham tashrif buyuruvchilar va iste`molchilar uchun, ham yengil mashinalar uchun harakat yo`li hisoblanadi. Shuningdek, tramvaylar qatnovi ham yo`lga qo`yilgan. Biroq, hech qachon fuqarolarni chetga chiqishga undaydigan, quloqni qomatga keltiruvchi signallar, yo`ldan o`tib qolishga harakat qilayotgan fuqarolar yoki tramvay yo`lini to`sib qo`ygan biror holatga duch kelmaysiz. Garchi, gavjum ko`cha bo`lsada, hammasi juda chiroyli va tartibli.

Nega nomi Istanbul?

Shahar nomi bilan bog`liq va bir-biriga bog`liq bo`lmagan ko`plab hikoyalar va afsonalar mavjud. Istanbul turli vaqtlarda Vizantiya, Konstantinopol, Konstantine, Asitane (forscha Asitane - poytaxtlarning poytaxti), Do`rilxilafe va Dersaadet (Dersaadet - saodat, baxt eshigi) deb nomlangan.

Shunday ma`lumotlardan biri: yunonistonlik Meliki Timoshning ismi Istanbul bo`lgan. O`g`li hukmronligining to`rt yilida shahar qurilishida ishlagan. Biroq, uning qurilishini Istanbulga kelgan Konstantin tugatadi va shaharni o`z nomi bilan chaqiradi. X asr kitobida shahar Istinbolin deb nomlangan. 

Istanbulda qurilgan 7 ta tepalik tufayli uni muhtasham Bosfor orqali Osiyo va Ytvropa qismlariga ajratgan va Oltin Horn ko`rfazi tufayli shahar noyob bo`lib kelgan va noyob bo`lib qolaveradi.

Biz esa Istanbuldagi eng diqqatga sazovor maskanlar va qadimiy obidalar bo`ylab sayohatimizni davom ettiramiz. 

Farida Egamberdiyeva, Turkiya-Istambul

 

Sharhlar

Samarqandlik firibgar Istanbulda ushlandi

08.05.2024, 12:20

1979 yilda Samarqand viloyatida tug`ilgan  Raximov Ozod Sadulloevich Istanbul shahrining Fatix tumanida qo`lga olindi. U  u firibgarlik va odam savdosi bilan shug`ullanganlikda ayblanmoqda.Bu haqida Bosh...
Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini uzdi

03.05.2024, 14:22

Turkiya Isroil bilan savdo aloqalarini to`xtatdi. Bu haqda Bloomberg agentligi ikki turk rasmiysiga asoslanib xabar bermoqda.Ularga ko`ra, 2 maydan boshlab Anqara yahudiy davlatiga barcha eksport va...
Endi Turkiyani suv bosmoqda (video)

01.05.2024, 16:06

Mamlakat poytaxtida yoqqan kuchli yomg`ir sabab Anqara ko`chalarini suv bosdi. Bu haqda TRT haber ma`lum qildi.Buning oqibatida shahar transport tizimi va aeroport ishida uzilishlar kuzatilgan.“Yo`llar...
Xitoyda ertalabdan o`zini baxtsiz his qilganlar ishga kelishi shart emas

25.04.2024, 07:33

Xitoyning Xenan provinsiyasidagi chakana savdo tarmog`i asoschisi Yu Donglay xodimlarga ish va hayot muvozanatini yaxshilashga yordam berish uchun “baxtsiz ta`til” kunlarini joriy qildi, deb yozadi...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1