1

Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini uzdi

Dunyo 03.05.2024, 14:22
Teglar: Turkiya, Isroil, savdo aloqalari
Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini uzdi

Turkiya Isroil bilan savdo aloqalarini to`xtatdi. Bu haqda Bloomberg agentligi ikki turk rasmiysiga asoslanib xabar bermoqda.

Ularga ko`ra, 2 maydan boshlab Anqara yahudiy davlatiga barcha eksport va importni to`xtatgan. Turkiya rasmiylari bu qadamni rasman e`lon qilmagan. Turkiya statistika xizmati ma`lumotlariga ko`ra, o`tgan yili Turkiya va Isroil o`rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 6,8 milliard dollarni tashkil etgan bo`lib, uning 76 foizi Turkiya eksporti bo`lgan.

Aprel oyida Turkiya G`azo sektorida o`t ochishni to`xtatgunga qadar Isroilga 54 nomdagi sanoat tovarlari eksportiga cheklovlar joriy etilishini e`lon qilgandi. Isroil bunga javoban sanksiyalar bilan tahdid qildi va Amerika kongressmenlariga murojaat qilishini aytdi.

Eslatib o`tamiz, 2023 yil oktyabrda G`azo sektorida urush boshlangach, Turkiya rahbariyati Isroil harakatlarini keskin tanqid qildi. Ikki davlat o`rtasida diplomatik taranglik vujudga keldi. Jumladan, Isroil Turkiyadagi o`z elchisini chaqirib oldi.

Sharhlar

Isroilning G`azodagi agressiyasi qurbonlari soni 35 mingdan oshdi

13.05.2024, 16:55

Isroilning G`azo sektorida 7 oktyabrdan beri davom etgan tajovuzi oqibatida halok bo`lgan falastinliklar soni 35 mingdan oshdi, 78 ming 755 nafari yaralandi. Bu haqda G`azo sektoridagi...
Samarqandlik firibgar Istanbulda ushlandi

08.05.2024, 12:20

1979 yilda Samarqand viloyatida tug`ilgan  Raximov Ozod Sadulloevich Istanbul shahrining Fatix tumanida qo`lga olindi. U  u firibgarlik va odam savdosi bilan shug`ullanganlikda ayblanmoqda.Bu haqida Bosh...
Endi Turkiyani suv bosmoqda (video)

01.05.2024, 16:06

Mamlakat poytaxtida yoqqan kuchli yomg`ir sabab Anqara ko`chalarini suv bosdi. Bu haqda TRT haber ma`lum qildi.Buning oqibatida shahar transport tizimi va aeroport ishida uzilishlar kuzatilgan.“Yo`llar...
Erdo`g`an Iroq bilan munosabatlarda burilish nuqtasi borligini ma`lum qildi

22.04.2024, 20:57

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo`g`anning Iroqqa tashrifi va uning doirasida imzolangan kelishuvlar Turkiya-Iroq munosabatlarida yangi burilish nuqtasi bo`lishiga ishonch bildirdi. Bu haqda davlat rahbari Iroq...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1