1

Hukmdor Usmon, Mohidavron sulton va shahzoda Mustafo maqbaralari – ular bugun qanday ko`rinishda? (fotoreportaj)

Moziydan sado 20.04.2021, 13:36
Hukmdor Usmon, Mohidavron sulton va shahzoda Mustafo maqbaralari – ular bugun qanday ko`rinishda? (fotoreportaj)

Bursa. Istanbuldan pullik magistral yo`li orqali borganda 115 km, aylanma yo`l orqali borganda esa 153 km uzoqda joylashgan shahar. Xo`sh, nima uchun aynan Bursa? U Usmoniylar saltanatining birinchi poytaxti, Sulton Usmon G`oziydan tortib, ba`zi avlodlari boqiylikka rixlat qilgan ziyorat shahar. Yuzlab masjid-u maqbaralar, etnik qishloqlar-u Ulug`tog` yonbag`irlari – xullas, insonga tarixdan hayajon, tabiyatdan esa lazzat ulashuvchi Bursa valiligiga qilgan sayohatimiz davomida biz ko`rishga ulgura olgan maskanlar haqida hikoya qilamiz. Aminmizki, bundan zerikmaysiz. 

Turkiya madaniyat va turizm vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan press-turda Istanbul, Uzkudar va Bursadagi bir qancha ob`ektlar – Istiqlol ko`chasi, Galata minorasi, Fotih Sulton Panorama muzeyi, O`zbeklar tekkesi, "Xinoli qor" seriali suratga olingan qishloq hamda birinchi va ikkinchi Ayo Sofiya majmualariga sayohat qilganimiz haqida yozgan edik. Bugun esa biz hali Bursaning sizlarga ko`rsatishga ulgurmagan qadamjolari bilan tanishtiramiz. 

Sulton Usmon G`oziy maqbarasi

Sulton Usmon G`oziy (1258-1326-y.)

Sulton Ucmon I – birinchi Usmoniy hukmdor. O`g`uz turklarining Kayi qabilasidan bo`lgan Ertug`rulning o`g`li. U vafotidan oldin o`g`li O`rxon G`oziyga agar dunyodan o`tsa, uni Ulug`tog` etagidagi Avliyo Elya monastrligi hududini zabt etib, aynan o`sha ibodatxonaga uni dafn etishini vasiyat qiladi.

Sulton Usmonning o`g`li shahzoda O`rxonga vasiyati

 Vasiyatiga binoan u hududlar Usmoniylar tasarrufiga o`tadi va xristian ibodatxonasi 14-asrdan boshlab Sulton Usmon G`oziy maqbarasiga aylantirilib, o`sha erda dafn etiladi. Maqbarani 24 soat davomida Usmoniy askarlari harbiy kiyimida soqchilar hali hamon “qo`riqlab turadi” va o`tgan Usmoniy hukmdorlar haqlariga uzluksiz Qur`on tilovati tinmaydi. 

Askar

Usmoniy g`oziy qabri yonida uning nevarasi shahzoda Ibrohim, kelini Asporcha xatun va sulton oilasiga mansub bir nechta shahzoda va malikalar dafn etilgan. usmon G`oziy maqbarasi yonida esa yana bir – O`rxon G`oziy maqbarasi ham o`rin olgan. Unda O`rxon G`oziy (1281-1360-y.) hamda uning oilasiga mansub bir qancha shahzoda va malikalar dafn etilgan.

Usmon G`oziy maqbarasi

Ulug` Jom`e 

Ulug` Jom`e 

1399 yilda Usmoniy hukmdor Sulton Boyazid I tomonidan bunyod etilgan ushbu masjidning tarixi juda qiziq va shu qiziq tarixi uchun ham bu masjidga sayyohlar qadami uzilmaydi. Aytishlaricha, Mojaristonning Nikopol qal`asini zabt etishga ketayotgan Sulton Boyazid (to`rtinchi Usmoniy hukmdor) agar urushda g`alaba qilsa, 20 ta jom`e masjidlari qurdirishga va`da beradi. 1396 yil 25 iyuldagi Nikopol qal`asi fathidan so`ng, Sulton Boyazid moliyaviy jihatdan ancha zaiflashib qoladi va 20 gumbazli ushbu masjidni quradi.

Nikopol qal`asi fathi

U shu tariqa va`dasini bajarishga erishadi. Ulug` Jom`e bugungi kunda Bursaning eng yirik markaziy masjidi va sayohlar uchun eng qiziq tarixli majmuadir.

Masjidning ichki ko`rinishi

Mohidevronning o`g`li shahzoda Mustafo maqbarasi 

Mustafo maqbarasi
Shahzoda Mustafo (1515-1543 -y.)

Barchamiz sevib tomosha qilagan “Muhtasham yuz yil” teleseriali qahramonlaridan biri shahzoda Mustafoning maqbarasi ham aynan Bursada joylashgan. Shahzoda Mustafo (Sulton Sulaymon va Mohidavron sultonning o`g`li) 1515 yilning 6 avgustida Manisada tug`ilgan. Manisa va Amasiya sanjak beki (beyi) bo`lib faoliyat yuritgan Mustafoga 1549 yilda Usmoniylar va Safaviylar urushidagi faol ishtiroki uchun Konya bekligi beriladi. Tahminlarga ko`ra, Sulton Sulaymonning bosh ayoli Xurram sulton va Rutsam posho orasida tuzilgan ittifoq tufayli Mustafoning hayoti xavf ostida qoladi. Chunki Xurram sulton bu paytda katta o`g`li shahzoda Mehmeddan ayrilgan va keyingi o`g`illari shahzoda Selim va shahzoda Boyaziddan birini taxtga chiqarish harakatida bo`ladi. Sulton Sulaymon Fors yurishi paytida uning qo`shini Ereglida to`xtaydi. Shu payt Bosh vazir, Sultonning kuyovi Rustam posho shahzoda Mustafoga otasining qo`shiniga qo`shilishini taklif qiladi. Shu bilan birga u Sultonni ogohlantirib, Mustafo uni o`ldirish uchun kelayotganiga ishontiradi. Rustam poshoning taklifini qabul qilgan Mustafo otasi bilan uchrashish uchun kelib, uning chodiriga kirganda Sulaymonning qo`riqchilari Mustafoga hujum qiladi va Rustam poshoning o`ng qo`li bo`lgan Mahmud og`a tomonidan 1543 yil 6 oktyabr kuni 38 yoshida o`ldiriladi.

Mustafoning o`ldirilishi

Shahzodani saxiyligi va jasurligi tufayli yaxshi ko`rgan xalq bu adolatsiz qatlda Xurrem sultan, Rustam posho va hatto Sulton Sulaymonni ham ayblashadi, yanichar harbiylari esa sultonga qarshi isyon ko`tarishadi. Qatldan so`ng Sulton Sulaymon Rustamni bosh vazirlikdan ozod qilib, uni Istanbulga yuboradi. Mustafoni ham Istanbulga dafn etishni buyuradi. Ayo Sofiyada bir hafta turgandan so`ng, uni Bursadagi mazkur maqbaraga dafn etishadi.

Mustafo qabri

Mahidavron esa...

Mohidavron sulton (1500-1581-y.)

O`g`lining vafotidan Bursaga ko`chib kelgan Mohidavron juda qiyinchilikda hayot kechirib, hattoki, yashash uchun ijara pulini to`lay olmaslik darajasida holi xaroblashib qoladi. Sulton Sulaymon hukmronligining oxirlariga kelib, sulton buyrug`i bilan uning qarzlari to`lanib, uy sotib olib beriladi. Xurram sultonning o`g`li shahzoda Selim Mohidavronni moliyaviy himoyasiga oladi. U 1581 yil 3 fevral kuni 81 yoshida vafot etadi va o`g`li shahzoda Mustafoning yoniga Murodiya majmuasida dafn etiladi. 

Mohidavronning qabri

Ba`zi suratlar turli internet platformalaridan olindi

Sardorbek Rahmonqulov

 

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1