1

Buxoroda bank tizimi mansabdorlari 2 mln. dollarlik kredit mablag`larini «eb» yubordi

Jinoyat 21.07.2021, 14:37
Teglar: Bank, Buxoro
Buxoroda bank tizimi mansabdorlari 2 mln. dollarlik kredit mablag`larini «eb» yubordi

Buxoro viloyati IIBning xabar berishicha, “Asakabank” AJ Buxoro viloyati filiali mansabdori “Osiyo taraqqiyot banki” mablag`lari hisobidan moliyalashtirilgan 2 mln. AQSh dollari miqdoridagi imtiyozli kredit mablag`larini soxta hujjatlar asosida firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritish maqsad qilgan.  

Bir guruh shaxslar ya`ni,“G.B.A.” MChJ rahbari, “Asakabank” AJ Buxoro viloyati filiali boshqa mansabdorlari, “Asakabank” AJ bosh ofisi mansabdor shaxslari hamda “K.s” MChJning mansabdorlari bilan o`zaro jinoiy til biriktirib, “Asakabank” AJning 2017 yilga mo`ljallangan Kredit siyosatida belgilangan kredit ajratishning umumiy mezoni talablariga zid ravishda, kredit summasining garov ta`minoti bilan etarli miqdorda ta`minlanmaganligini bila turib, kredit yig`ma jildidagi ayrim hujjatlarni qalbakilashtirgan. 

 2 mln AQSh dollari miqdoridagi kredit mablag`larini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritgan va  uning qaytarilishini ta`minotsiz qoldirib, davlat va bank manfaatlariga kreditning asosiy qismi to`lanmaganligi natijasida 1 mln. 282 ming 630 AQSh dollari (ekvivalentda 13 mlrd. 579 mln. 014 ming 062 so`m) va foiz va penya qarzdorligi hisobidan 358 ming 084 AQSh dollari (ekvivalentda 3 mlrd. 790 mln. 986 ming 253 so`m) miqdorida zarar etkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi JK.ning 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilayotgani ma`lum qilindi.

Sharhlar

Buxoroda qadimiy tangalarni chet elga olib chiqib ketmoqchi bo`lganlar ushlandi

25.04.2024, 22:46

Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining "Buxoro aeroporti" chegara bojxona posti orqali qadimiy numizmatika buyumlarini olib chiqib ketishga bo`lgan urinish bartaraf etildi. Bu haqda Buxoro viloyati Bojxona...
Andijonda “bank xodimi” qo`lga tushdi

02.04.2024, 12:24

Andijon shaharida o`zini bank xodim deb tanishtirgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qildi.Departamentning Andijon shahar bo`lim tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda...
Buxoroda arab tilini o`rgatish bahonasida 40 nafarga yaqin odamga noqonuniy diniy ta`lim berib kelayotganligi aniqlandi

04.02.2023, 13:13

Buxoroda moddiy manfaat orttirish maqsadida tashkil etilgan markazlarda noqonuniy diniy ta`lim olish holati aniqlandi, deya xabar bermoqda viloyat IIB matbuot xizmati. Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 31...
Buxoroda katta tezlikda kelayotgan Nexia bir guruh o`quvchilarni urib ketdi. Bir bola mashina tagida qolgan (video)

24.11.2022, 10:34

Buxoroda ayanchli YTH sodir bo`ldi. Bu haqda YHXX xabar bermoqda. Ma`lum qilinishicha, kecha, 23 noyabr kuni soat 16:30 larda Buxoro viloyati, Qorako`l tumani hududidan o`tuvchi 4R-76...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1