Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining "Buxoro aeroporti" chegara bojxona posti orqali qadimiy numizmatika buyumlarini olib chiqib ketishga bo`lgan urinish bartaraf etildi. Bu haqda Buxoro viloyati Bojxona boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Unda "Buxoro-Vnukovo" yo`nalishidagi aviareys orqali xorijiy davlatga uchib ketayotgan ikki nafar fuqaro o`zi bilan O`zbekiston hududidan olib chiqib ketish ta`qiqlangan madaniy meros ashyolarini olib chiqishga uringan vaqtda bojxona xodimlari tomonidan to`xtatib qolindi. Ikki holatda jami 4 dona qadimiy tangalar borligi aniqlandi.
Ashyoviy dalil sifatida vaqtincha saqlovga olingan tangalarning qadimiylik darajasini aniqlash maqsadida Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasi tomonidan badiiy ekspertiza o`tkazildi.
Unga ko`ra, mazkur tangalar 1751 yilda Rossiya imperiyasining I imperatori Pyotr I hukmronligi davrida Ekaterinburg zarbxonasida zarb etilganligi tasdiqlandi.
Hozirda ushbu qadimiy numizmatika ashyolari doimiy saqlash uchun Buxoro davlat muzey-qo`riqxonasiga taqdim etildi.
04.02.2023, 13:13
Buxoroda moddiy manfaat orttirish maqsadida tashkil etilgan markazlarda noqonuniy diniy ta`lim olish holati aniqlandi, deya xabar bermoqda viloyat IIB matbuot xizmati. Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 31...24.11.2022, 10:34
Buxoroda ayanchli YTH sodir bo`ldi. Bu haqda YHXX xabar bermoqda. Ma`lum qilinishicha, kecha, 23 noyabr kuni soat 16:30 larda Buxoro viloyati, Qorako`l tumani hududidan o`tuvchi 4R-76...03.10.2022, 15:55
Buxoroda o`g`il o`z onasining qotiliga aylandi. Bosh prokuratura matbuot xizmati "darakchi.uz"ga ushbu mudhish jinoyat tafsilotlarini ma`lum qildi. Aniqlanishicha, 2022 yil 28 sentyabr kuni soat 19:43 larda G`ijduvon...06.09.2022, 11:37
Qorovulbozor tumanida tadbirkorni qarzdor qilib qo`ygan guruh rahbari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qildi. Ma`lum qilinishicha, Departamentning Qorovulbozor tuman bo`limi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining...