Navoiy shahrida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgan ohak ishlab chiqarish sexi aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.
Navoiy shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvdan ma`lum bo`lishicha, “E” xususiy korxonasiga qarashli ohak ishlab chiqarish sexida gazdan foydalanish uchun shartnoma tuzmasdan, tarmoqqa qo`yilgan tamg`ani buzib tabiiy gazdan foydalanilganligi natijasida, hududiy gaz ta`minoti korxonasi manfaatlariga 176,1 mln so`m zarar etkazgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilayotgani aytilmoqda.
04.02.2023, 11:49
Turkmaniston prezidenti O`zbekistonni do`stona va birodarlik bilan qo`llab-quvvatlash maqsadida suyultirilgan gazni O`zbekistonga bepul o`tkazish bo`yicha farmon imzoladi. Bu haqdagi xabar mamlakat hukumati portalida e`lon qilindi. Ma`lum...23.01.2023, 12:13
Sal avval anomal sovuq tufayli 12 yanvarda qo`shni mamlakatning tabiiy gaz qazib chiqarish konlarida yuzaga kelgan avariyaviy holat Turkmanistondan tabiiy gaz importining to`liq to`xtashiga sabab...13.12.2022, 11:03
Qozog`iston gaz ittifoqini yaratish masalasini muhokama qilmadi, deb xabar qildi mamlakat energetika vazirligiga tayanib Ria Novosti. "Qozog`iston, Rossiya va O`zbekiston gaz tashish tizimlarining texnik imkoniyatlarini muhokama...28.11.2022, 14:01
Navoiy kon-metallurgiya kombinatida o`lim bilan yakunlangan baxtsiz hodisa yuz berdi. Hodisa bo`yicha "Navoiy kon metallurgiya kombinati" matbuot xizmati ma`lumot taqdim etdi. Ma`lum qilinishicha, 2022 yilning 26...