1

G`ijduvon tumaniga yangi hokim tayinlandi

Jamiyat 12.08.2021, 11:11
Teglar: G`ijduvon tumani, yangi hokim
G`ijduvon tumaniga yangi hokim  tayinlandi

Kuni kecha Xalq deputatlari G`ijduvon tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo`lib o`tdi.

Unda viloyat va tuman Kengashi deputatlari, sektorlar rahbarlari, viloyat hokimi o`rinbosarlari, tegishli boshqarma, korxona va tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashgan.

Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov ishtirokida o`tkazilgan sessiyada tashkiliy masala ko`rilgan.

Murodjon Umarov boshqa ishga o`tishi munosabati bilan G`ijduvon  tumani hokimi vazifasidan ozod etildi.

Sessiyada Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig`i Sherzod  Ashurov mazkur tuman hokimi etib tayinlandi.

Sharhlar

Rahbarlik lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi

01.05.2024, 15:06

Andijon, Marhamat va Buloqboshi tumaniga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. Andijon tumaniga yangi hokim tayinlandi.Yo`ldoshev Boburbek Bahodirovich - Andijon tumani...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1