1

Besh oy ichida 65 nafar maktab o`quvchisi avtohalokat sabab vafot etdi

Jamiyat 26.06.2024, 15:55
Besh oy ichida 65 nafar maktab o`quvchisi avtohalokat sabab vafot etdi

Joriy yilning 25 iyun kuni Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo`mitasi majlisida Avtomobil yo`llarida inson xavfsizligini ishonchli ta`minlash va o`lim holatlarini keskin kamaytirish bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati tahlil qilindi. Bu haqda Senat Matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, joriy yilning 5 oyi davomida jami 359 nafar o`quvchi bilan bog`liq yo`l-transport hodisasi sodir etilgan va 65 nafar o`quvchi halok bo`lgan, 294 nafar o`quvchi esa turli darajada tan jarohatlari olgan.

Umumiy o`rta ta`lim maktablarining 9 548 tasi transport qatnovi ko`p hududlarda joylashgan va aksariyat maktablar oldida piyodalar uchun yo`laklar mavjud emas, tegishli svetoforlar o`rnatilmagan.

Hodisalarning kelib chiqish sabablari tahlil qilinganda ma`lum bo`ldiki, ularning 57 foizi yo`l infratuzilmasidagi kamchiliklar hamda 43 foizi haydovchi tomonidan yo`l harakati qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida sodir etilgan. Sodir bo`layotgan yo`l-transport hodisalarining 53,7 foizi piyoda va velosipedchilar bilan bog`liq holatlar hissasiga to`g`ri kelmoqda.

Ma`lumotga ko`ra, 2023 yilda sodir etilgan 9 839 ta yo`l-transport hodisasi oqibatida 9 209 nafar fuqaro jarohatlangan va 2 282 nafar fuqaro halok bo`lgan.

Eng achinarlisi, 2023 yilda bolalar bilan bog`liq 1 794 ta yo`l-transport hodisasi sodir etilib, ularda 1 568 nafar bola jarohatlangan va 263 nafar bola halok bo`lgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1