1

"Andijonda ko`prikdan o`tish 1000 so`mga aylandi..."

Jamiyat 13.10.2021, 10:57
Teglar: Andijon, ko`prik
"Andijonda ko`prikdan o`tish 1000 so`mga aylandi..."

Ijtimoiy tarmoqlarda “Buloqboshi, Kullada pullik ko`prik paydo bo`libdi...” mazmunidagi  xabar tarqaldi.

Unda odamlar vaqtinchalik foydalanayotgan ko`prigi ham buzilib ketgani, bundan foydalangan uddaburonlar 2 ta taxta qo`yib, 1000 so`mdan odamlarni yo`lning u tomonida o`tkazib qo`yayotgani haqida aytiladi.

Buloqboshi tumani hokimligi mazkur holat yuzasidan munosabat bildirdi. 

Unga asosan, haqiqatdan ham joriy yilning iyul oyidagi tabiiy ofat tufayli Aravonsoy ko`prigi avariya xolatiga kelgan va ko`prikdan o`tish to`xtatilgan, xozirda qurilish va ta`mirlash ishlari boshlangan.

 2021 yil 10 oktyabr kuni soat 7.00 larda Bozorboshi MFY Chilonzor ko`chasida yashovchi, 1986 yilda tug`ilgan, mukaddam sudlangan, fuqaro X.N.Ismanov o`zini noqonuniy xatti xarakati bilan soyga 2 ta yog`ochdan iborat ko`prik yasab, odamlarni 1000 so`m evaziga o`tkazib qo`yishni yo`lga qo`ygan. 

Ushbu fuqaroning noqonuniy xatti-xarakati Buloqboshi tumani sudida ko`rib chiqildi va O`zbekiston Respublikasi MJtKning 183- va 200 moddalari bilan aybdor deb topilib 7 sutkaga ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi, deyiladi xabarda

Sharhlar

Andijonda maktab "zamdirektori" o`quvchi qizlarga tegajog`lik qilganligi aytilmoqda

15.05.2024, 14:54

Avvalroq, tarmoqlarda Andijonda maktab direktori o`rinbosari o`quvchi qizlarga tegajog`lik qilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani izoh berdi. Ma`lum bo`lishicha, joriy yilning 7 may kuni Andijon viloyatida...
Andijondagi "Muhtasham yuz yil" qasri... (video)

08.05.2024, 17:49

Ijtimoiy tarmoqlarda, ayniqsa Facebook’da ko`plab muhokamalarga sabab bo`lgan "Muhtasham yuz yil" serialidagi qasr kabi qurilgan uy qaerda ekanligi aniqlandi. Videoda tarqalgan bino Andijon viloyatining Oltinko`l tumani,...
Rahbarlik lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi

01.05.2024, 15:06

Andijon, Marhamat va Buloqboshi tumaniga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. Andijon tumaniga yangi hokim tayinlandi.Yo`ldoshev Boburbek Bahodirovich - Andijon tumani...
Andijonda aka-ukani urib ketib, ulardan birining o`limiga sababchi bo`lgan YPX xodimi jazosiz qolayotgani aytilmoqda

10.08.2023, 20:43

Ijtimoiy tarmoqda “Asaka tumanida YHXB xodimi tomonidan 2 nafar shaxsga nisbatan yo`l transport hodisasi sodir etilsada, jazo muqarrarligi ta`minlanmaganligi haqida xabar joylashtirildi. Xabarga ko`ra, Asakada...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1