1

"Monopolist iste`molchilar huquqlarini buzishda davom etmoqda" – Rasul Kusherbaev

Jamiyat 16.10.2021, 10:00
Teglar: Rasul Kusherbaev
"Monopolist iste`molchilar huquqlarini buzishda davom etmoqda" – Rasul Kusherbaev

"UzAuto Motors"  4-pozisiya Chevrolet Cobalt’ni kutayotgan mijozlarga avtomobil o`rindig`ini isitish modulisiz taklif etmoqda. Ushbu komplektasiya 1 mln so`mni tashkil etadi hamda ushbu summa mijozga qaytarib beriladi.

Deputat Rasul Kusherbaev bu holatga munosabat bildirdi.

Kompaniyaning ushbu harakatlari bir qator savollarni keltirib chiqaradi.

Birinchi, iste`molchiga kompaniya yarimo`tkazgich topa oldimi yo`qmi qizig`i yo`q. U haqini to`lagan vassalom.

Kompaniya nega boshqa mamlakatlar avtomobil sanoatiga o`xshab, avval avtomobilni ishlab chiqarib keyin sotuvga chiqarmayapti? Nega yo`q narsaga oldindan pul oladi?

Ikkinchi, kompaniyaning iste`molchiga ko`rsatmagan xizmat yoki bermagan tovari uchun oldindan haq to`lab ishlashi halol va qonuniymi?

Uchinchi, kompaniya nuqsonli tovar bergani yoki  iste`molchiga vaqtida tovarni bermagani uchun neustoyka(penya) ham to`lashi kerak. Buning hisob-kitobi bormi?

Chunki, “Iste`molchilarning huquqlarini himoya qilish to`g`risida”gi Qonunning 19-moddasida “Nuqsonlar belgilangan muddatda bartaraf etilmagan, shuningdek, ish bajarishni (xizmat ko`rsatishni) boshlash va tugallash kechiktirilgan taqdirda, ijrochi iste`molchi har bir kechiktirilgan kun, soat (agar muddat soatlarda belgilangan bo`lsa) uchun ish (xizmat) qiymatining yoki buyurtma qiymatini (agar uning qiymati alohida belgilanmagan bo`lsa) bir foizi miqdorida neustoyka (penya) to`laydi”, degan norma bor.  

Oddiy aytganda kimdir 100 mln so`mlik avtombilga pul to`ladi-yu, avtomobil aytilgan komplektasiyada bo`lmasa yoki vaqtida haridorga etkazib berilmasa, har o`tkazib yuborilgan kun uchun unga 1 mln.dan pul to`lanadi. Agar 100 kun kechiksa 100 mln to`laydi.

Aytgancha shu qonun normasini kompaniyaga yangi kelgan horijlik bosh direktorgayam bildirib qo`yishsa yaxshi bo`lardi.

️Yuqoridagilardan kelib chiqib, Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi huzuridagi Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish agentligiga ayni holatni o`rganib, iste`molchilarni himoya qilish masalasida rasman so`rov kiritdik.

Iste`molchilarga nisbatan bunday kamsituvchi munosabat uchun Agentlikdan keskin chora kutib qolamiz. Sudlar ham bu safar iste`molchi huquqiga ko`z yummas. Zero O`zbekiston-huquqiy davlat!

Sharhlar

Poytaxtda mansabdor shaxslarning ekologiya xodimlariga bosim o`tkazgani yuzasidan tekshiruv boshlandi

19.04.2024, 17:45

Poytaxtning Yakkasaroy, Uchtepa va Shayxontohur tumanlarida ekologiya xodimlaridan ekilmagan daraxtlarni “Yashil makon” platformasiga kiritish talab qilingani aytilmoqda. Ekologiya vaziri maslahatchisi Rasul Kusherbaevning ma`lum qilishicha, hokimliklar,...
Men "shok"daman, xalqni norozi qilib kelgan Mirzaev Prezidentga yaxshi maslahatchi bo`la olishiga ishonmayman. Kusherbaev "ko`tarilgan" Sirdaryo viloyati hokimi haqida gapirdi

25.11.2022, 12:40

Sal avval, Sirdaryo viloyati hokimi G`ofurjon Mirzaev Prezidentning davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo`yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlangani xabar...
Rasul Kusherbaev: "Bu rekord ko`rsatkich". Deputat 2021 yilning olti oyida mansabdorlar tomonidan sodir etilgan korrupsion holatlarga munosabat bildirdi

28.09.2021, 16:56

O`zbekistonda 2021 yilning olti oyida 2544 nafar mansabdor shaxs korrupsiya bilan bog`liq jinoyatlari uchun javobgarlikka tortilgan.  Davlat va jamiyatga etkazilgan zarar hozircha 592 mlrd so`m....
Rasul Kusherbaev: "Uzavto Motors" monopoliyasi o`zbekistonliklarni kulguga qoldirmoqda

23.09.2021, 17:07

Qozog`iston televideniesida “GM” dan avtomobil sotib olish uchun oylab kutayotganlar haqidagi mavzu yoritildi. "Oldindan pulini to`lab qo`yib avtomobilini ola olmayotgan o`zbekistonliklar safi 30 mingdan ortdi... Shunga...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1