1

Poytaxtda mansabdor shaxslarning ekologiya xodimlariga bosim o`tkazgani yuzasidan tekshiruv boshlandi

Jamiyat 19.04.2024, 17:45
Teglar: Rasul Kusherbaev, Yashil makon, bosim, mansabdor shaxslarning ekologiya xodimlariga bosim o`tkazishi
Poytaxtda mansabdor shaxslarning ekologiya xodimlariga bosim o`tkazgani yuzasidan tekshiruv boshlandi

Poytaxtning Yakkasaroy, Uchtepa va Shayxontohur tumanlarida ekologiya xodimlaridan ekilmagan daraxtlarni “Yashil makon” platformasiga kiritish talab qilingani aytilmoqda. Ekologiya vaziri maslahatchisi Rasul Kusherbaevning ma`lum qilishicha, hokimliklar, IIB va prokuratura mansabdorlari platformaga amalda ekilmagan daraxtlar haqida ma`lumot kiritishga urinib, ekologiya xodimlariga bosim qilgan. Holat yuzasidan Bosh prokuratura tekshiruv boshladi.

“Yashil makon” doirasidagi ko`chat ekish ishlari joylarda ko`zbo`yamachilik va bosim o`tkazishga o`tib ketdi, deya munosabat bildirdi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi vazirining maslahatchisi Rasul Kusherbaev.

Qayd etilishicha, reja bo`yicha Toshkent shahrida bahor mavsumida 600 ming dona ko`chat ekilishi belgilangan. Tartibga ko`ra, ekilgan ko`chatlar tuman hokimliklaridagi shtablar tomonidan “Yashil makon” platformasiga kiritiladi. So`ng bu ma`lumot tuman ekologiya bo`limi xodimlari tomonidan joyiga borib tekshirilgach, tasdiqlanadi.

Kusherbaevga ko`ra, o`tgan vaqtda poytaxtda “Yashil makon” platformasiga kiritilib, haqiqatda ekilmagan 41 mingdan ortiq ko`chatlar ekologiya xodimlari tomonidan tasdiqlanmagan. Bu esa tuman hokimliklari, IIB va prokuratura tomonidan ekologiya xodimlariga bosim o`tkazilishiga olib kelgan.

“Xususan, Yakkasaroy tumani ekologiya bo`limi boshlig`i K.Bekturganov 29 mart kuni tungi soat 03:00da ichki ishlar xodimlari tomonidan uyidan olib ketilib, ekilmagan daraxtlarni “Yashil makon” platformasiga kiritib, tasdiqlash talab qilingan. K.Bekturganov chamasi 10 soatlar ichki ishlar xodimlari tomonidan noqonuniy ushlab turilgan.

Bundan tashqari 30 mart kuni kunduzgi soat 10:00da Shayxontohur tumani ekologiya bo`limi boshlig`i X.Miraxmedov chamasi 3 soatlar tuman prokuraturasida noqonuniy ushlab turilib, ekilmagan daraxtlarni “Yashil makon” platformasiga kiritish hamda tasdiqlash talab qilingan.

Shuningdek, Uchtepa tumani hokimligi tomonidan 03.04.2024 yilda Uchtepa tumani ekologiya bo`limi xodimlari o`z ishxonasiga, ya`ni tuman ekologiya bo`limi xonasiga kiritilmay bosim o`tkazilgan”,– deyiladi xabarda.

Vazir maslahatchisining aytishicha, bu kabi holatlar boshqa hududlarda ham kuzatilmoqda va barchasi jamoatchilik vakillarini jalb etgan holda o`rganib borilmoqda.

Ta`kidlanishicha, keltirilgan har bir holat o`rganilib, unda e`tirof etilgan davlat organlari mansabdor shaxslarining xatti-harakatlariga huquqiy baho berilishi ta`minlanadi.

Sharhlar

Men "shok"daman, xalqni norozi qilib kelgan Mirzaev Prezidentga yaxshi maslahatchi bo`la olishiga ishonmayman. Kusherbaev "ko`tarilgan" Sirdaryo viloyati hokimi haqida gapirdi

25.11.2022, 12:40

Sal avval, Sirdaryo viloyati hokimi G`ofurjon Mirzaev Prezidentning davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo`yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlangani xabar...
"Monopolist iste`molchilar huquqlarini buzishda davom etmoqda" – Rasul Kusherbaev

16.10.2021, 10:00

"UzAuto Motors"  4-pozisiya Chevrolet Cobalt’ni kutayotgan mijozlarga avtomobil o`rindig`ini isitish modulisiz taklif etmoqda. Ushbu komplektasiya 1 mln so`mni tashkil etadi hamda ushbu summa mijozga qaytarib...
Rasul Kusherbaev: "Bu rekord ko`rsatkich". Deputat 2021 yilning olti oyida mansabdorlar tomonidan sodir etilgan korrupsion holatlarga munosabat bildirdi

28.09.2021, 16:56

O`zbekistonda 2021 yilning olti oyida 2544 nafar mansabdor shaxs korrupsiya bilan bog`liq jinoyatlari uchun javobgarlikka tortilgan.  Davlat va jamiyatga etkazilgan zarar hozircha 592 mlrd so`m....
Rasul Kusherbaev: "Uzavto Motors" monopoliyasi o`zbekistonliklarni kulguga qoldirmoqda

23.09.2021, 17:07

Qozog`iston televideniesida “GM” dan avtomobil sotib olish uchun oylab kutayotganlar haqidagi mavzu yoritildi. "Oldindan pulini to`lab qo`yib avtomobilini ola olmayotgan o`zbekistonliklar safi 30 mingdan ortdi... Shunga...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1