1

"Chinor" YPX maskanida noqonuniy tamaki va pirotexnika vositalarini olib ketayotgan haydovchilar aniqlandi

Jamiyat 30.11.2021, 19:28
Teglar: Pirotexnika
"Chinor" YPX maskanida noqonuniy tamaki va pirotexnika vositalarini olib ketayotgan haydovchilar aniqlandi

Joriy yilning 29 noyabr kuni soat 13:00 larda Toshkent viloyati, Ohangaron tumanida joylashgan “Chinor” YPX maskanida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari tomonidan, vodiy yo`nalishidan Toshkent shahar tomon harakatlanib kelayotgan, haydovchi, 1984 yilda tug`ilgan R.A. boshqaruvidagi "Mercedes-Benz" rusumli yuk avtomobili to`htatilib tekshirilganda, yukxonasida umumiy 17280 dona “Solovey-razboynik” nomli pirotexnika vositalari noqonuniy ravishda olib ketilayotganligi aniqlangan.

Shuningdek, kun davomida Farg`ona viloyatidan kelayotgan 2 ta “Lacetti" va “Cobalt” rusumli avtomobillar to`htatilib tekshirilganda, avtomobillarning saloni va yukxonalaridan bir necha turdagi 10 mingdan ortiq quti sigaretlar noqonuniy ravishda olib ketilayotgnaligi aniqlangan.

Mazkur holatlar tegishli tartibda rasmiylashtirilib, fuqarolar va aniqlangan vositalar Ohangaron tuman IIBga topshirilgan.

Sharhlar

Andijonda 260 mingdan ziyod noqonuniy pirotexnika vositalarining savdosiga chek qo`yildi

11.12.2021, 09:12

Andijon viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan tadbir davomida, Jalaquduq tumanida fuqaro Sh.T. o`ziga tegishli bo`lgan 264 ming dona pirotexnika vositalarini “Kobalt” rusumli avtotransport vositasida sotish...
Toshkentda qiymati 2700 AQSh dollar bo`lgan noqonuniy pirotexnika vositalari sotayotgan shaxs qo`lga olindi

10.12.2021, 21:26

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Chilonzor tumani bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir o`tkazdi.Ma`lum bo`lishicha, tezkor tadbirda fuqaro M.A. va boshqalar pirotexnika buyumlarini muomalaga kiritish...
Farg`onada 330 million so`mdan ortiq pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo`yildi

09.12.2021, 21:30

Farg`ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo`limi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tadbir davomida Quvasoy shahrining chegara oldi hududida yashovchi fuqaro M.H.ning yashash...
Sirdaryoda 330 mingdan ortiq pirotexnika vositalari noqonuniy aylanmasiga chek qo`yildi

08.12.2021, 22:16

Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi ma`lumotiga ko`ra, 2021 yilning oktyabr oyidan shu kuniga qadar 6 ta holatda salkam 336 ming dona pirotexnika vositalari aylanuviga chek qo`yilgan.Ushbu yo`nalishda aniqlangan...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1