1

Echkemarni o`ldirgan bolalar tabiatga 34 mln so`m zarar keltirdi

Jamiyat 02.07.2024, 20:57
Echkemarni o`ldirgan bolalar tabiatga 34 mln so`m zarar keltirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda surxondaryolik bolalarning echkemarni o`ldirgani haqida xabarlar tarqaldi.

Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmatining xabar berishicha holat  Sho`rchi tumani "Ozod" mahallasi hududida ikki nafar voyaga etmagan shaxs, mol boqib yurgan vaqtda sodir etilgan.

Bolalar adirlikda chorva mollarini boqib yurgan vaqtida bo`z echkemar mollarga tashlangani uchun uni o`ldirgan.

Mazkur holatni sodir etgan fuqarolar hali balog`at yoshiga etmaganligi sababli holat yuzasidan birlamchi hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etish uchun tayyorlanmoqda.

Bundan tashqari bo`z echkemarni nobud qilgani uchun hayvonot dunyosiga etkazilgan zarar O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 7 dekabrdagi 649 sonli qarori ilovasiga asosan hisoblanganda 34 million so`mni tashkil etadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1