Polsha poytaxti Varshava shahrida shaxmatning rapid va blits yo`nalishlari bo`yicha FIDE jahon chempionati boshlangani haqida xabar bergandik.
Quvonarlisi, biroz avval yakuniga etgan 10-tur o`yinlari doirasida hamyurtimiz, 17 yoshli xalqaro grossmeyster Nodirbek Abdusattorov oq donalarda shaxmatning klassik yo`nalishida amaldagi jahon chempioni norvegiyalik Magnus Karlsenni mag`lub etdi.
Bu natija bilan hamyurtimiz musobaqada ham etakchilikni o`z qo`liga oldi. Endi Nodirbek hisobida 10 imkoniyatdan 8 ochko mavjud.
Eslatib o`tamiz, turnirda dunyoning 43ta davlatidan 130 nafar grossmeyster ishtirok etmoqda. Jami ishtirokchilar soni 150 nafardan ortadi.
04.09.2022, 23:06
Xabaringiz bor, yaqindagina Hindistonning Chenay shahrida 44 Butunjahon shaxmat olimpiadasi o`tkazildi. Unda yurtimiz sharafini himoya qilgan sportchilar tarixda ilk bor Shaxmat Olimpiadasi kubogini qo`lga kiritishdi.Ayni...11.08.2022, 12:56
Bugun, 11 avgust kuni soat 02:45 da Toshkent xalqaro aeroportida Hindistonning Chennay shahrida bo`lib o`tgan 4-Butunjahon shaxmat olimpiadasi g`oliblarini tantanali kutib olish marosimi bo`lib o`tdi....28.12.2021, 23:34
Polsha poytaxti Varshava shahrida o`tkazilayotgan shaxmatning rapid va blis yo`nalishlari bo`yicha FIDE jahon chempionatida bugun rapid yo`nalishi g`olibi aniqlanadi.Yakuniga etgan 12-turdan keyin Nodirbek Abdusattorov hamon...09.12.2021, 21:09
Ispaniyaning Barselona provinsiyasi Kasteldefels shahrida shaxmat bo`yicha “El Llobregat” xalqaro turniri tashkil etildi. Unda dunyoning 30dan ortiq mamlakatidan 150 nafar mahoratli shaxmatchilar g`oliblik uchun bahs...