Polsha poytaxti Varshava shahrida o`tkazilayotgan shaxmatning rapid va blis yo`nalishlari bo`yicha FIDE jahon chempionatida bugun rapid yo`nalishi g`olibi aniqlanadi.
Yakuniga etgan 12-turdan keyin Nodirbek Abdusattorov hamon peshqadam bo`lib turibdi. So`nggi turda hamyurtimiz hindistonlik Gukesh bilan durang o`ynadi. 19-yurishda Nodirbek qo`pol xatoga yo`l qo`ydi va keyinroq murakkab vaziyatga tushib qoldi. Hatto 23-yurishdagi xatodan keyin kompyuter dasturlari oqlarning 100%lik g`alabasini taxmin qilishayotgan edi. Ammo Nodirbek so`nggi pallada mag`lubiyatdan qutilib qoldi. Ha, shaxmat shunisi bilan qiziq.
12-turdan keyin hamyurtimiz 9 ochko to`plab turnirda qo`shhokimlik qilmoqda. Norvegiyalik Magnus Karlsen, AQSh vakili Fabiano Karuana hamda rossiyalik Yan Nepomnyashiylar ham xuddi shuncha ochkoga ega.
04.09.2022, 23:06
Xabaringiz bor, yaqindagina Hindistonning Chenay shahrida 44 Butunjahon shaxmat olimpiadasi o`tkazildi. Unda yurtimiz sharafini himoya qilgan sportchilar tarixda ilk bor Shaxmat Olimpiadasi kubogini qo`lga kiritishdi.Ayni...11.08.2022, 12:56
Bugun, 11 avgust kuni soat 02:45 da Toshkent xalqaro aeroportida Hindistonning Chennay shahrida bo`lib o`tgan 4-Butunjahon shaxmat olimpiadasi g`oliblarini tantanali kutib olish marosimi bo`lib o`tdi....28.12.2021, 20:28
Polsha poytaxti Varshava shahrida shaxmatning rapid va blits yo`nalishlari bo`yicha FIDE jahon chempionati boshlangani haqida xabar bergandik.Quvonarlisi, biroz avval yakuniga etgan 10-tur o`yinlari doirasida hamyurtimiz,...09.12.2021, 21:09
Ispaniyaning Barselona provinsiyasi Kasteldefels shahrida shaxmat bo`yicha “El Llobregat” xalqaro turniri tashkil etildi. Unda dunyoning 30dan ortiq mamlakatidan 150 nafar mahoratli shaxmatchilar g`oliblik uchun bahs...