Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi Chiliga qarshi (0:0, 2:4 penalti) Amerika Kubogi–2016 musobaqasi finalidan so`ng termadagi faoliyatiga yakun yasashi haqida aytib o`tdi.
“Termada men uchun barchasi tugadi. Bu mening qarorim”, – dedi 29 yoshli hujumchi.
Messi Chiliga qarshi finalda penaltini noaniq amalga oshirdi va bu ham yakuniy natijaga ta`sir o`tkazdi.
Argentina so`nggi uch finalning barchasida mag`lubiyatga uchramoqda. JCh–2014 finalida Argentina 0:1 hisobida Germaniyaga yutqazgandi. O`tgan yilgi va bu yilgi Amerika Kubogida Argentina va Messi penaltilar seriyasida mag`lubiyatga uchradi.
15.03.2023, 11:00
FIFA navbatdagi jahon chempionati formati borasida qaror qabul qildi va uni tasdiqlashga yaqin turibdi, deya yozdi "zamon.uz".Bu 48 ta jamoa ishtirok etadigan birinchi jahon chempionati...07.05.2022, 09:03
Xabaringiz bor 17-18 may kunlari Toshkentda Italiya va O`zbekiston futboli afsonalari uchrashuvi o`tkazilishi rejalashtirilgan. O`zbek futbolining 110 yilligiga bag`ishlab o`tkazilayotgan ushbu o`yinda uzoq yillar davomida...14.01.2022, 22:06
"PSJ" hujumchisi Lionel Messi kelasi haftada umumiy guruh mashg`ulotlariga qaytadi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi. Qayd etilishicha, Messi 15 yanvar kuni "Brest"ga qarshi o`yinda...02.01.2022, 18:42
"PSJ" jamoasi bir qator futbolchilari xizmatidan foydalana olmaydi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.Ma`lum bo`lishicha, Lionel Messi, Xuan Bernat, Serxio Riko va Natan Bitumazalaning...