“Real Madrid” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Forbes jurnali talqini bo`yicha dunyodagi mahshur insonlarning daromadi reytingida to`rtinchi o`rinni egalladi. Bu haqda “Championat.com” xabar berdi.
Ronaldu dunyo yulduzlari orasida to`rtinchi bo`lishiga qaramay, sport olamida hamon birinchilikni saqlab turibdi. 31 yoshli futbolchi 2015 yil mobaynida 88 million dollar daromad topdi. Uning daromadi klubdagi oylik maoshi, reklama va turli bonuslardan kelib tushgan.
“Barselona” etakchisi Lionel Messi ushbu reytingda TOP-10 ga kirdi. Argentinalikning daromdi 81,5 million dollarni tashkil qildi. Sportchilar orasida esa u ikkinchi o`rinni egalladi.
Eng serdaromad mashhur insonlar orasida birinchi o`rin amerikalik xonanda Teylor Svifta nasib etdi. U bir yil davomida 170 million dollar ishladi. Buyuk Britaniyaning “One Direction” musiqa guruhi 110 million dollar bilan ikkinchi, yozuvchi Jeyms Patterson 95 million bilan uchinchi o`rinni band qildi.
15.03.2023, 11:00
FIFA navbatdagi jahon chempionati formati borasida qaror qabul qildi va uni tasdiqlashga yaqin turibdi, deya yozdi "zamon.uz".Bu 48 ta jamoa ishtirok etadigan birinchi jahon chempionati...07.05.2022, 09:03
Xabaringiz bor 17-18 may kunlari Toshkentda Italiya va O`zbekiston futboli afsonalari uchrashuvi o`tkazilishi rejalashtirilgan. O`zbek futbolining 110 yilligiga bag`ishlab o`tkazilayotgan ushbu o`yinda uzoq yillar davomida...18.01.2022, 19:27
"Manchester Yunayted" va Porgutaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu FIFAning The Best maxsus sovrinini qo`lga kiritdi. Shundan so`ng quyida fikrlarini aytib o`tdi. "Dastavval 20 yil mobaynida...18.01.2022, 01:31
"Manchester Yunayted" va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu FIFA tomonidan maxsus sovrin bilan mukofatlandi. Ma`lum qilinishicha, Ronaldu 2021 yilda terma jamoa safidagi gollarini 115taga etkazib...