Andijon shahrida noqonuniy diniy ta`lim berish bilan bog`liq holat aniqlandi. Bu haqda Andijon viloyati IIB Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, Andijon viloyati IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi, Andijon shahri bo`yicha IIOFMB hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida Andijon shahrida yashovchi erkak X.M hamda uning turmush o`rtog`i Andijon shahrida yashovchi ayol X.X bilan birga 2021 yil dekabr oyidan buyon yashash xonadonda, o`zining tanishlarining 11 nafar voyaga etmagan o`g`il va qiz farzandlariga maxsus diniy bilimga ega bo`lmay turib va diniy tashkilot boshqaruv markaziy organining ruxsatisiz noqonuniy ravishda «Muallimiy soniy» va «Qur`oni Karim» nomli diniy adabiyotlardan foydalangan holda diniy saboq berib kelayotganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan, Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksning 241-moddasi bilan Jinoyat ishlari bo`yicha Andijon shahar sudi tomonidan X.Mga nisbatan 12 sutka ma`muriy qamoq jazosi va uning turmush o`rtog`i X.Xga rasmiy ogohlantirish jazosi qo`llanilgan.
15.05.2024, 14:54
Avvalroq, tarmoqlarda Andijonda maktab direktori o`rinbosari o`quvchi qizlarga tegajog`lik qilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani izoh berdi. Ma`lum bo`lishicha, joriy yilning 7 may kuni Andijon viloyatida...08.05.2024, 17:49
Ijtimoiy tarmoqlarda, ayniqsa Facebook’da ko`plab muhokamalarga sabab bo`lgan "Muhtasham yuz yil" serialidagi qasr kabi qurilgan uy qaerda ekanligi aniqlandi. Videoda tarqalgan bino Andijon viloyatining Oltinko`l tumani,...01.05.2024, 15:06
Andijon, Marhamat va Buloqboshi tumaniga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. Andijon tumaniga yangi hokim tayinlandi.Yo`ldoshev Boburbek Bahodirovich - Andijon tumani...10.08.2023, 20:43
Ijtimoiy tarmoqda “Asaka tumanida YHXB xodimi tomonidan 2 nafar shaxsga nisbatan yo`l transport hodisasi sodir etilsada, jazo muqarrarligi ta`minlanmaganligi haqida xabar joylashtirildi. Xabarga ko`ra, Asakada...