1

Lionel Messi Argentina terma jamoasiga qaytadi

Sport 06.08.2016, 12:04
Teglar: Lionel Messi, Futbol, Sport, JCh-2018
Lionel Messi Argentina terma jamoasiga qaytadi

“Barselona” klubi hujumchisi Lionel Messi Argentina terma jamoasiga qaytishga qaror qildi. Bu haqda Argentina prezidenti Maurisio Marki ma`lum qildi, deb xabar bermoqda ESPN FC portali.

“Messi Argentina termasi sharafini JCh–2018 turnirida himoya qiladi. Leo dunyodagi eng yaxshi futbolchi. Uning yordamida mamlakat termasi katta natijalarga erishadi”, – dedi Makri.

Avvalroq 29 yoshli futbolchi Argentina terma jamoasining yangi bosh murabbiyi – Edgardo Bausa bilan uchrashishi ma`lum bo`lgandi. Messi katta ehtimollik bilan 30 avgust kuni Urugvayga qarshi kechadigan JCh–2018 saralashida maydonga tushadi.

Eslatib o`tamiz, Messi Amerika Kubogi–2016 turniridagi muvaffaqiyatsizlikdan so`ng terma jamoadagi faoliyatiga yakun yasashi haqida aytib o`tgandi

Sharhlar

O`zbekiston davlat sport akademiyasi tashkil qilinadi

23.05.2024, 18:44

Prezident boshchiligida o`tkazilayotgan yig`ilishda 2025 yilda poytaxtda yangi ishga tushiriladigan Olimpiya shaharchasida O`zbekiston davlat sport akademiyasi tashkil qilinishi ko`zda tutilganligi ma`lum qilindi. Ushbu muassasa huzuriga Jismoniy...
Tarixda ilk bor 48 ta jamoa ishtirok etadi. Futbol bo`yicha 2026 yilgi jahon chempionati formati tasdiqlanmoqda

15.03.2023, 11:00

FIFA navbatdagi jahon chempionati formati borasida qaror qabul qildi va uni tasdiqlashga yaqin turibdi, deya yozdi "zamon.uz".Bu 48 ta jamoa ishtirok etadigan birinchi jahon chempionati...
Italiya futboli yulduzlari Toshkentga keladi

07.05.2022, 09:03

Xabaringiz bor 17-18 may kunlari Toshkentda Italiya va O`zbekiston futboli afsonalari uchrashuvi o`tkazilishi rejalashtirilgan. O`zbek futbolining 110 yilligiga bag`ishlab o`tkazilayotgan ushbu o`yinda uzoq yillar davomida...
Messining qachondan mashg`ulotlarga qaytishi ma`lum bo`ldi

14.01.2022, 22:06

"PSJ" hujumchisi Lionel Messi kelasi haftada umumiy guruh mashg`ulotlariga qaytadi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi. Qayd etilishicha, Messi 15 yanvar kuni "Brest"ga qarshi o`yinda...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1