1

Farg`onada bog`chadan chiqib, cho`kib ketgan 4 yoshli bola hodisasi bo`yicha Bosh prokuratura ma`lumot berdi

Jamiyat 07.09.2022, 10:08
Teglar: Farg`ona, bog`cha
Farg`onada bog`chadan chiqib, cho`kib ketgan 4 yoshli bola hodisasi bo`yicha Bosh prokuratura ma`lumot berdi

Avval xabar qilganimizdek, 2022 yil 21 iyul kuni Farg`ona viloyati O`zbekiston tumanida baxtsiz hodisa sodir bo`lib, uning oqibatida 23-sonli davlat maktabgacha ta`lim tashkilotining 4 yoshli tarbiyalanuvchisi suvda cho`kib ketib, vafot etdi

Hodisa yuzasidan Bosh prokuratura ma`lumot berdi.

Ma`lum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 116-moddasi 3-qismi (Kasb yuzasidan o`z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) hamda 167-moddasi 2-qismi “g” bandi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.  

DMTTning moliyaviy faoliyati o`rganilganda, tarbiyalanuvchilar uchun sarflanishi lozim bo`lgan 24,3 mln. so`mlik oziq-ovqat mahsulotlari talon-toroj qilinganligi ham aniqlangan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Sharhlar

Farg`onada diniy ekstremistik oqimning faol a`zosi 12 yilga qamaldi

15.05.2024, 13:27

Farg`onada "Hizb at-tahrir al-islomiy" diniy ekstremistik oqimining faol a`zosi bo`lgan Abdumutal Abdurahimov qamaldi, deya xabar bermoqda Oliy sud Matbuot xizmati.Abdumutal Abdurahimov Rossiya Federasiyasida ishlab yurgan...
Farg`onada Milliy gvardiya xodimi o`quvchilarga tarsaki tushirdi(video)

14.05.2024, 12:51

Farg`ona viloyati Milliy gvardiya boshqarmasi Qo`shtepa tumanidagi maktabda o`quvchilariga tarsaki tushirgan xodim ishi yuzasidan ma`lumot berdi.Ijtimoiy tarmoqlarda Qo`shtepa tumanida joylashgan maktabda Milliy gvardiya xodimi maktab...
Xorazmda bog`cha opa bolalarni kaltaklab, barmog`iga igna sanchdi(video)

06.05.2024, 17:56

Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyati Gurlan tumanidagi maktabgacha ta`lim muassasasida tarbiyachining bolalarni kaltaklayotgani aks etgan videolavha tarqalgandi. Holat yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi holat yuzasidan munosabat...
Bu haqida hukumat qarori qabul qilindi

30.04.2024, 18:42

“Davlat maktabgacha ta`lim tashkilotlarida bolalar ta`minoti uchun ota-onalar to`lovi miqdorlarini tasdiqlash to`g`risida”gi Vazirlar Mahkamasining qarori (246-son, 29.04.2024 y.) qabul qilingan.Qarorga ko`ra, 2024 yil 1 iyundan...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1