1

Rossiyaning ikkita aviakompaniyasi Samarqandga parvozlarni yo`lga qo`ydi

Jamiyat 21.09.2022, 12:04
Teglar: Rossiya, ​Samarqand
Rossiyaning ikkita aviakompaniyasi Samarqandga parvozlarni yo`lga qo`ydi

"Yamal" aviakompaniyasi Samarqand va Moskva o`rtrasida to`g`ridan-to`g`ri reyslarni yo`lga qo`ydi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” xabar berdi. 

Ma`lum qilinishicha, 20 sentyabr kuni Samarqand xalqaro aeroporti Rossiyaning "Yamal" aviatashuvchisining birinchi yo`lovchi reysini qabul qildi.

Moskvadan (Domodedovo) Airbus A321 samolyoti Samarqand aeroportiga kelib qo`ndi va u tantanali ravishda suv arkasi bilan kutib olindi.

"Yamal" aviakompaniyasining Moskva – Samarqand – Moskva yo`nalishi bo`yicha charter reyslari haftada bir marta seshanba kunlari amalga oshiriladi. Samarqanddan uchish esa mahalliy vaqt bilan soat 08:00 da amalga oshiriladi.

Shuningdek, "IrAero" aviakompaniyasi Samarqanddan Qozonga parvozlarni boshladi. Ya`ni, Rossiyaning "IrAero" aviakompaniyasi "Samarqand" xalqaro aeroportidan Tatariston poytaxti — Qozon shahriga yangi yo`nalish ochdi.

20 sentyabrdan boshlab Samarqandga va ortga reyslar haftada bir marta seshanba kunlari amalga oshiriladi. Oktyabr oyi oxirigacha 2022 yil bahor-yoz mavsumi doirasida samolyotlar Samarqanddan Qozonga mahalliy vaqt bilan soat 18:30da parvoz qiladi.

Yo`lovchilarni tashish Sukhoi Superjet 100 samolyotlarida amalga oshiriladi. Bir yo`nalishdagi parvoz vaqti 3 soat 40 minut.

Eslatib o`tamiz, sal avval Rossiyaning "Yamal" aviakompaniyasi Namanganga ham parvozlarni boshladi.

Sharhlar

Turkmanistonliklarga O`zbekiston orqali Rossiyaga borish taqiqlanmoqda

15.05.2024, 13:53

O`zbekiston orqali Rossiyaga ketayotgan Turkmaniston fuqarolari “Toshhovuz” nazorat-o`tkazish punktidan hech qanday sabablarsiz orqaga qaytarilmoqda. Bu haqda “Turkmen news” xabar berdi.Ma`lum bo`lishicha, Turkmaniston fuqarolarini turkman chegarachilari...
Samarqandda 8 sinf qiz chaqaloq dunyoga keltirdi

10.05.2024, 15:34

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqda Samarqandda maktabning 8 sinf o`quvchisi ona bo`lgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani ma`lumot berdi. Aniqlanishicha, Samarqand viloyatidagi maktabning 8 sinf o`quvchisi, voyaga...
Prezident Rossiyaga etib bordi

08.05.2024, 17:04

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 8 may kuni amaliy tashrif bilan Moskva shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. “Vnukovo” xalqaro aeroportida davlatimiz...
Samarqandda o`quvchi qizga shilqimlik qilgan o`qituvchi atiga 3 sutkaga qamaldi

06.05.2024, 15:23

Qayd etilishicha, 1997 yilda tug`ilgan yigit 24 yanvar kuni soat 11:30 larda o`zi ishlab kelayotgan Urgut tumanidagi maktabda dars o`tish jarayonida shu maktabning 11 sinfida...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1