1

Prezident Rossiyaga etib bordi

Dunyo 08.05.2024, 17:04
Teglar: Rossiya, Prezident
Prezident Rossiyaga  etib bordi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 8 may kuni amaliy tashrif bilan Moskva shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

“Vnukovo” xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Rossiya Federasiyasi Hukumati Raisining o`rinbosari – sanoat va savdo vaziri vazifasini bajaruvchi Denis Manturov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Tashrif dasturiga muvofiq, O`zbekiston Prezidenti Oliy Evroosiyo iqtisodiy kengashining yubiley yig`ilishida hamda Ikkinchi jahon urushidagi g`alabaning 79 yilligiga bag`ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi, shuningdek, ikki tomonlama uchrashuvlar o`tkazadi.

Sharhlar

Rossiyada o`zbekistonlik erkak qo`lga olindi

20.05.2024, 14:58

Rossiyada voyaga etmagan bolalarga nisbatan jinsiy xarakterdagi harakatlar qilgan 33 yoshli O`zbekiston fuqarosiga nisbatan jinoiy ish qo`zg`atildi. Bu haqda Rossiya Tergov qo`mitasining Krasnoyarsk o`lkasi va Xakasiya...
Turkmanistonliklarga O`zbekiston orqali Rossiyaga borish taqiqlanmoqda

15.05.2024, 13:53

O`zbekiston orqali Rossiyaga ketayotgan Turkmaniston fuqarolari “Toshhovuz” nazorat-o`tkazish punktidan hech qanday sabablarsiz orqaga qaytarilmoqda. Bu haqda “Turkmen news” xabar berdi.Ma`lum bo`lishicha, Turkmaniston fuqarolarini turkman chegarachilari...
Prezident ko`mir qazib chiqarishni oshirish rejalari taqdimoti bilan tanishdi

13.05.2024, 17:53

Prezident Shavkat Mirziyoev 13 may kuni ko`mir qazib chiqarishni oshirish rejalari taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Aholi va iqtisodiyotning o`sib borayotgan...
Prezident yangi tayinlangan elchilarning ishonch yorliqlarini qabul qildi

07.05.2024, 14:24

Mirziyoev Vengriya, Eron, Chexiya, O`mon va Jazoirning yangi tayinlangan elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Prezidentimiz Chexiya Respublikasi O`zbekistonning Evropa...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1