16 avgust kuni Rioda Olimpiada o`yinlarining 5000 metrga yugurish bo`yicha o`tkazilayotgan yarim final musobaqasida amerikalik engil atletikachi qiz Ebbi D'Agostino yugurish yo`lakchasiga yiqilgan raqibasi yangi zelendiyalik Nikki Xemblinning oyoqqa turishiga yordam berdi, deb xabar qildi “Tjournal.ru” nashri.
Nikki Xemblin D'Agostinoning oyog`i tagiga yiqilgan, u ham chalishib yiqilganiga qaramay, o`rnidan turib, yangi zelandiyalik raqibasining oyoqqa turishiga yordam bergan. Ebbi D'Agostino oyog`ining jarohatlanganiga qaramay, finishgacha oqsoqlanib etib kelgan. Shundan keyin unga tibbiy yordam ko`rsatilgan. Xemblin qanday qilib yiqilganini bilmay qolganligini, amerikalik qizni ilgari tanimaganligini jurnalistlarga gapirib berdi. Finishga etib kelgandan keyin u D'Agostinoni quchoqlab, bergan yordami uchun minnatdorchilik bildirdi.
“Qanday natijaga erishishimdan qat`i nazar, bu voqeani umrimning oxirigacha unutmayman. D'Agostino mening elkamga urib, “O`rningdan tur!” dedi. Uning qattiq jarohat olmaganiga umid qilaman, chunki hali yosh, imkoniyatlari ko`p. Bunday ajoyib inson hayotga katta muvaffaqiyatlarga erishishiga ishonaman”, dedi Nikki Xemblin.
Har ikki sportchi qiz finalga yo`llanma oldi.
23.05.2024, 18:44
Prezident boshchiligida o`tkazilayotgan yig`ilishda 2025 yilda poytaxtda yangi ishga tushiriladigan Olimpiya shaharchasida O`zbekiston davlat sport akademiyasi tashkil qilinishi ko`zda tutilganligi ma`lum qilindi. Ushbu muassasa huzuriga Jismoniy...14.07.2021, 17:37
O`zbek futbolining jonkuyar tarixchisi, mashhur sport jurnalisti Vladimir Ashotovich Safarov bugun, 14 iyul kuni 82 yoshida vafot etdi. Vladimir Safarov 1939 yilning 17 yanvarida Toshkent shahrida...26.04.2021, 17:54
Avvalroq, Polsha mezbonlik qilgan yoshlar o`rtasidagi jahon chempionatida -54 kg vaznli bokschi qizimiz Nigina O`ktamova barcha raqibalarini mag`lubiyatga uchratgan holda, oltin medalga sazovor bo`lib va...27.02.2021, 22:07
Germaniyaning nufuzli sport sayti O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining engil atletika ixtisosligi o`qituvchisi va murabbiyi, mustaqil tadqiqotchi Rashid Burnashev haqida maqola chop etdi....