1

Andijonda bir nechta shaxslar bir kishini temir jism bilan kaltaklashdi (video)

Jinoyat 30.06.2024, 16:05
Andijonda bir nechta shaxslar bir kishini temir jism bilan kaltaklashdi (video)

Kecha, 29 iyun kuni Andijonda bir necha shaxslar bir kishini temir jism bilan urib, tan jarohati etkazgani tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi. Ushbu holat yuzasidan Andijon viloyati IIB matbuot xizmati ma`lumot berdi.

Mazkur holat bo`yicha jinoyat sodir etishda gumonlanayotgan barcha shaxslar qo`lga olingan. Ularga nisbatan Xo`jaobod tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan JKning 105-modda 2-qismi "i" bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

"Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Ushbu jinoyatni sodir etishda gumonlanayotgan shaxslarga nisbatan jazoning muqarrarligi ta`minlanadi"  – deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1