1

Andijondagi qishloq aholisining yarim asrlik muammosi hal bo`ldi (foto)

Jamiyat 25.09.2022, 23:06
Teglar: Qishloq, Andijon
Andijondagi qishloq aholisining yarim asrlik muammosi hal bo`ldi (foto)

Avvallari farzandlarini boshqa qishloqdagi  bog`chalarga olib borib sarson bo`lgan qishloq aholisining  endi o`z hududida 100 o`rinli zamonaviy maktabgasa ta`lim tashkiloti  bor.

Ma`lum qiilinishicha, Andijon viloyatidagi Xalq qabulxonalari va sektorlar o`rganishlaridan so`ng viloyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli nisbatan og`ir bo`lgan 72 ta qishloq-mahallada keng ko`lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Shundan 27 ta hududdagi qurilish-ta`mirlash ishlari “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida bajarilyapti.

Birlik mahallasidagi tuproq ko`chalar beton qoplamali yo`lga aylantirilmoqda. Hozirda 5 ta ko`chadagi qariyb 1,4 km. beton yo`l qurish ishlari yakunlangan. Bundan tashqari, 3,5 km. yo`lga tosh-shag`al to`shaldi, 2 km. ko`cha asfaltlangan. Tekis-ravon ko`chalar chetlarida piyodalar yo`laklari barpo qilinib, ko`chatlar ekilmoqda. 

Bu jarayonda mahalla ahlining eng katta muammosi bo`lgan 5 km.lik ichimlik suvi quvurlari yangilanib, bitta suv minorasi qurilgan Elektr ta`minoti barqarorligini ta`minlash uchun 100 dan ortiq simyog`ochlar beton tayanchlarga, 4,5 km. eskirgan elektr tarmoqlari zamonaviysiga almashtirib berilgan.

Uyma-uy o`rganishlar natijasida “Temir daftar”, “Ayollar” va “Yoshlar” daftarlariga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj, ishsiz insonlar bandligini ta`minlash uchun yaqinda mana bu tikuvchilik korxonasi ish boshlashi bilan mahalladagi 30 ga yaqin xotin-qizlar shu erda ishli bo`lishgaN. Ayni paytda ular tayyorlayotgan mahsulotlar ichki bozorga chiqarilyotgani aytilmoqda.

Shu jumladan, “Sadda tagi” mahalla fuqarolar yig`ini tashkil etilganiga salkam yarim asr bo`lgan esa-da, Andijon shahrining shundoq biqinidagi bu mahallaning biror ko`chasi asfaltsiz bo`lgan. 

Bu yil mahalladagi barcha tuproq ko`chalar avval tosh-shag`alli yo`lga aylantirildi. So`ng uning 20 km. qismiga beton qoplandi. 

Yo`llar chetlari yashil hududga aylantirilib, yo`laklar, veloyo`laklar tashkil etishdi. Ko`chalarga zamonaviy tejamkor yoritkichlar o`rnatilganini aytish ham maqsadga muvofiqdir. 

Qaydlarga ko`ra, “Sadda tagi” mahallasida ichimlik suvi va elektr ta`minotida ham muammolar bor edi. Joriy yil avvalida bu boradagi muammolar tahlil qilingach, 2 ta transformator, 291 ta beton tayanch o`rnatilib, 7.3 km. elektr tarmog`i yangilangan. Har bir xonadon uchun 11.9 km. suv tarmog`i tortildi.

Alohida ta`kidlash lozim, joriy yilda Andijon viloyatidagi iqtisodiy-ijtimoiy ahvoli nisbatan og`ir 72 ta qishloq-mahalladagi 44,6 km. yo`lga tosh-shag`al, 30,4 km. yo`lga asfalt, 33 km. beton qoplamasi yotqizildi,221 km. ichimlik suvi tarmog`i tortildi, 55 dona ichimlik suvi inshooti qurildi-ta`mirlandi, 42 ta transformator yangilandi, 125 km. elektr tarmog`i tortilib, 38 mingta simyog`ochlar beton ustunlarga almashtirildi.

Sharhlar

Andijonda maktab "zamdirektori" o`quvchi qizlarga tegajog`lik qilganligi aytilmoqda

15.05.2024, 14:54

Avvalroq, tarmoqlarda Andijonda maktab direktori o`rinbosari o`quvchi qizlarga tegajog`lik qilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani izoh berdi. Ma`lum bo`lishicha, joriy yilning 7 may kuni Andijon viloyatida...
Andijondagi "Muhtasham yuz yil" qasri... (video)

08.05.2024, 17:49

Ijtimoiy tarmoqlarda, ayniqsa Facebook’da ko`plab muhokamalarga sabab bo`lgan "Muhtasham yuz yil" serialidagi qasr kabi qurilgan uy qaerda ekanligi aniqlandi. Videoda tarqalgan bino Andijon viloyatining Oltinko`l tumani,...
Rahbarlik lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi

01.05.2024, 15:06

Andijon, Marhamat va Buloqboshi tumaniga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. Andijon tumaniga yangi hokim tayinlandi.Yo`ldoshev Boburbek Bahodirovich - Andijon tumani...
Andijonda aka-ukani urib ketib, ulardan birining o`limiga sababchi bo`lgan YPX xodimi jazosiz qolayotgani aytilmoqda

10.08.2023, 20:43

Ijtimoiy tarmoqda “Asaka tumanida YHXB xodimi tomonidan 2 nafar shaxsga nisbatan yo`l transport hodisasi sodir etilsada, jazo muqarrarligi ta`minlanmaganligi haqida xabar joylashtirildi. Xabarga ko`ra, Asakada...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1