1

Buxoroda 29 yoshli yigit onasini pichoqlab o`ldirdi

Jinoyat 03.10.2022, 15:55
Teglar: Buxoro
Buxoroda 29 yoshli yigit onasini pichoqlab o`ldirdi

Buxoroda o`g`il o`z onasining qotiliga aylandi. Bosh prokuratura matbuot xizmati "darakchi.uz"ga ushbu mudhish jinoyat tafsilotlarini ma`lum qildi. 

Aniqlanishicha, 2022 yil 28 sentyabr kuni soat 19:43 larda G`ijduvon tumanida yashovchi N.H. onasi M.O. bilan yashash uyiga begona erkaklarni olib kelmaslik masalasida o`zaro tortishib, janjal qiladi.

Janjal paytida N.H. oshxona pichog`ida onasining chap elka yuqori kismi, ko`krak qafasi va qo`ltiq osti sohasiga bir martadan, jami 3 marotoba urib, qasddan o`ldirgan.

Sud tibbiy ekspertizaning dastlabki ma`lumotiga ko`ra, marhuma M.O.ning o`limiga chap o`pkasini teshib o`tib, yurak aorta tomirini jarohatlanishi oqibatida kelib chiqqan o`tkir massiv ichki qon ketishi sabab bo`lgan.

Ish bo`yicha sudga oid tibbiyot, kriminalistika - texnika 
hamda   biologiya   ekspertizalari   tayinlandi.

Jinoyat ishi bo`yicha G`ijduvon tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki   tergov   harakatlari   olib   borilmoqda.

 

Sharhlar

Buxoroda qadimiy tangalarni chet elga olib chiqib ketmoqchi bo`lganlar ushlandi

25.04.2024, 22:46

Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining "Buxoro aeroporti" chegara bojxona posti orqali qadimiy numizmatika buyumlarini olib chiqib ketishga bo`lgan urinish bartaraf etildi. Bu haqda Buxoro viloyati Bojxona...
Buxoroda arab tilini o`rgatish bahonasida 40 nafarga yaqin odamga noqonuniy diniy ta`lim berib kelayotganligi aniqlandi

04.02.2023, 13:13

Buxoroda moddiy manfaat orttirish maqsadida tashkil etilgan markazlarda noqonuniy diniy ta`lim olish holati aniqlandi, deya xabar bermoqda viloyat IIB matbuot xizmati. Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 31...
Buxoroda katta tezlikda kelayotgan Nexia bir guruh o`quvchilarni urib ketdi. Bir bola mashina tagida qolgan (video)

24.11.2022, 10:34

Buxoroda ayanchli YTH sodir bo`ldi. Bu haqda YHXX xabar bermoqda. Ma`lum qilinishicha, kecha, 23 noyabr kuni soat 16:30 larda Buxoro viloyati, Qorako`l tumani hududidan o`tuvchi 4R-76...
Buxoroda hokimlikning tashkiliy kadrlar guruhi rahbari tadbirkorni bank oldida qarzdor qilib qo`yib, kredit mablag`ini o`zlashtirgani aniqlandi

06.09.2022, 11:37

Qorovulbozor tumanida tadbirkorni qarzdor qilib qo`ygan guruh rahbari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qildi. Ma`lum qilinishicha, Departamentning Qorovulbozor tuman bo`limi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1