1

Yaponiya imperatori Aziz Abduhakimovni oliy darajadagi orden bilan mukofotladi

Siyosat 22.11.2022, 13:21
Teglar: Yaponiya, Aziz Abduhakimov
Yaponiya imperatori Aziz Abduhakimovni oliy darajadagi orden bilan mukofotladi

Yaponiya imperatori O`zbekiston hukumati a`zosini oliy darajadagi ordeni bilan mukofotladi. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi matbuot xizmati xabar qildi. 

Ma`lum qilinishicha, Tokiodagi Imperator saroyida O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari – Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimovga “Chiqayotgan Quyosh Katta Kordon Ordeni"ni topshirish marosimi bo`lib o`tdi. An`anaga ko`ra, ordenni Yaponiya imperatori Naruxito Bosh vazir Fumio Kishido ishtirokida topshirdi.

 Aziz Abduhakimovning “Chiqayotgan Quyosh Katta Kordon Ordeni" bilan taqdirlanishi Yaponiya va O`zbekiston o`rtasidagi do`stona munosabatlarni mustahkamlashga qo`shgan ko`p yillik hissasi e`tirof etilganini tasdiqlaydi.

Qayd etilishicha, mazkur orden 1875 yildan beri berib kelinayotgan bo`lib, Yaponiyadagi eng qadimgi va "Chiqayotgan Quyosh Ordeni"ning eng yuqori darajasi (6-daraja) hisoblanadi.

Sharhlar

Yaponiyada nilufarning yangi turi aniqlandi

02.05.2024, 17:41

Kioto universiteti va OsakaMetropolitan universiteti botaniklari yapon nilufarining yangi turini aniqlashdi. Unga Lilium pacificum ilmiy nomi berildi. Bu haqda zamon.uz xabar berdi. Lilium pacificum Xonsyuning Tinch okeaniga qaragan qirg`oq hududlarida o`sadi. Gulning g`ayrioddiy xususiyati bor...
Yaponiyada ikkita vertolyot halokatga uchradi

21.04.2024, 18:30

Yaponiyada ikkita vertolyot halokatga uchradi. Bir kishi halok bo`ldi, yana etti kishi bedarak yo`qoldi. Bu haqda zamon.uz ma`lum qildi.Vertolyotlar Tokiodan 600 km janubda joylashgan Izu orollari hududida patrul o`quv mashg`ulotlarida qatnashgan.Har...
Yaponiya Afg`onistonga 106 mln dollarlik yordam yubordi

12.12.2022, 21:45

Tolibon tashqi ishlar vaziri Amir Xon Muttaki Yaponiya hukumatiga o`z mamlakatiga ko`rsatgan 100 million dollardan ortiq yordam uchun minnatdorchilik bildirdi, deya yozmoqda "zamon.uz".Ma`lum qilinishicha, Tashqi...
Yaponiyadagi JATA xalqaro ko`rgazmasida O`zbekiston o`z milliy stendi bilan ishtirok etmoqda

26.09.2022, 14:05

Yaponiyaning Tokio shahridagi xalqaro ko`rgazma markazida “JATA Tourism Expo Japan 2022”  xalqaro ko`rgazmasi bo`lib o`tmoqda. O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning “Bir tur - butun mintaqa” tamoyili ostidagi...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1