1

Yaponiya Afg`onistonga 106 mln dollarlik yordam yubordi

Dunyo 12.12.2022, 21:45
Teglar: Yaponiya, Afg`oniston
Yaponiya Afg`onistonga 106 mln dollarlik yordam yubordi

Tolibon tashqi ishlar vaziri Amir Xon Muttaki Yaponiya hukumatiga o`z mamlakatiga ko`rsatgan 100 million dollardan ortiq yordam uchun minnatdorchilik bildirdi, deya yozmoqda "zamon.uz".

Ma`lum qilinishicha, Tashqi ishlar vaziri Muttaki Kobulda Yaponiya elchisi bilan uchrashuvda 106 million dollarlik yordam va ijobiy diplomatik aloqalari uchun minnatdorchilik bildirgan va buni xalqaro hamjamiyat uchun “yo`l xaritasi” deb atagan.

Elchi Okada Takeshining ta`kidlashicha, Yaponiya katta ehtimol bilan kelasi yili BMT Xavfsizlik Kengashi a`zosi sifatidagi vazifalarini bajarishga kirishadi va BMTning ushbu organida Afg`onistonga nisbatan ijobiy rol o`ynashga harakat qiladi.

Ma`lumot uchun, Yaponiya elchixonasi oktyabr oyida Kobuldagi faoliyatini qayta boshlagan.

Sharhlar

Yaponiyada nilufarning yangi turi aniqlandi

02.05.2024, 17:41

Kioto universiteti va OsakaMetropolitan universiteti botaniklari yapon nilufarining yangi turini aniqlashdi. Unga Lilium pacificum ilmiy nomi berildi. Bu haqda zamon.uz xabar berdi. Lilium pacificum Xonsyuning Tinch okeaniga qaragan qirg`oq hududlarida o`sadi. Gulning g`ayrioddiy xususiyati bor...
Yaponiyada ikkita vertolyot halokatga uchradi

21.04.2024, 18:30

Yaponiyada ikkita vertolyot halokatga uchradi. Bir kishi halok bo`ldi, yana etti kishi bedarak yo`qoldi. Bu haqda zamon.uz ma`lum qildi.Vertolyotlar Tokiodan 600 km janubda joylashgan Izu orollari hududida patrul o`quv mashg`ulotlarida qatnashgan.Har...
O`zbekiston TIV 35 kishini halok qilgan Afg`onistondagi portlash yuzasidan bayonot berdi

01.12.2022, 08:37

O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Afg`onistonning Samangan provinsiyasida sodir bo`lgan terrorchilik xuruji yuzasidan bayonot berdi.Bayonotda Aybak shahridagi asosan yoshlar qurbon bo`lgan portlash keskin qoralangan. Shuningdek, bunday...
Yaponiya imperatori Aziz Abduhakimovni oliy darajadagi orden bilan mukofotladi

22.11.2022, 13:21

Yaponiya imperatori O`zbekiston hukumati a`zosini oliy darajadagi ordeni bilan mukofotladi. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi matbuot xizmati xabar qildi. Ma`lum qilinishicha, Tokiodagi Imperator saroyida...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1