1

“Sog`liqni saqlash muassasalarida elektr toki uzilmasligi shart. Bu inson hayotiga bog`liq masala” – doktor Mariya Neyra, JSST bosh direktori yordamchisi

Salomatlik 16.01.2023, 09:32
“Sog`liqni saqlash muassasalarida elektr toki uzilmasligi shart. Bu inson hayotiga bog`liq masala” – doktor Mariya Neyra, JSST bosh direktori yordamchisi

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti, Qayta tiklanadigan energiya manbalari xalqaro agentligi, Hamma uchun barqaror energiya va Jahon bankining qo`shma hisobotida aytilishicha, dunyo bo`ylab bir milliardga yaqin odamga ishonchli elektr ta`minotiga ega bo`lmagan sog`liqni saqlash muassasalari tomonidan tibbiy xizmat ko`rsatilmoqda.

Bu raqam AQSh, Indoneziya, Pokiston va Germaniyaning jami aholi soniga barobar hisoblangan. Rivojlanmagan va aholisining aksariyat qismi qashshoq bo`lgan mamlakatlardagi ob`ektlarning hech bo`lmaganda 64 foizini muntazam elektr quvvati bilan ta`minlash uchun kamida 4.9 milliard dollarga teng qo`shimcha mablag` zarur.

Barqaror elektr energiyasidan foydalanish sifatli tibbiy xizmat ko`rsatish, tibbiyot xodimlari tomonidan og`ir ahvoldagilarning hayotini saqlab qoluvchi muolaja taklif qilish uchun juda muhim. Shunga qaramay, dunyo aholisining har sakkizinchi vakili uchun o`z hududida sifatli tibbiy yordam ko`rsatish imkoniyati mavjud emas.

Barcha sog`liqni saqlash muassasalarida ishonchli elektr energiyasi bo`lmasa, tibbiyot sohasida keng ko`lamli muvaffaqiyatlarga erishib bo`lmaydi. 

Aholisi kam ta`minlangan mamlakatlardagi sog`liqni saqlash muassasalarini elektrlashtirish qamrovini taqdim etuvchi “Salomatlikni quvvatlantirish: Sog`liqni saqlash muassasalarida elektr energiyasidan uzluksiz foydalanishini yo`lga qo`yish” deb nomlangan hisobotda Osiyo va Afrika mamlakatlarida bunday taqchillik yuqori darajada ekanligi qayd etilgan.

“Sog`liqni saqlash muassasalarida elektr toki muntazam etkazib berilishi shart. Bu inson hayotiga bog`liq masala, – deydi doktor Mariya Neyra, JSSTning Sog`lom aholi masalalari bo`yicha bosh direktori yordamchisi, - Sog`liqni saqlash muassasalari uchun ishonchli, toza va barqaror energiyaga sarmoya kiritish bugungi kundagi ushbu muammoning asosiy echimi bo`lishi mumkin. Bu esa iqlimga chidamlilik, moslashuvchanlik va universal sifatli tibbiy xizmatni yo`lga qo`yish uchun juda zarur”.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1