1

Kamoliddin Behzodning tugallanmagan asari borligini bilarmidingiz?

Moziydan sado 05.06.2023, 21:38
Kamoliddin Behzodning tugallanmagan asari borligini bilarmidingiz?

Kamoliddin Behzod safaviylar poytaxti Tabrizda yashaganida Shoh Tahmasp saroyiga kelgan. U vaqtda Behzod 70 yoshlarda edi, shuning uchun asosan hukmdorning topshirig`iga binoan maftunkor illyustrasiyalar tashkil etish jarayonlarini boshqargan.

Manbalarda keltirilishicha, Tahmasp Bekzod bilan suhbatlashishni yoqtirar ekan. Bu vaqtda u original asarlar bilan deyarli shug`ullanmagan. Bu davrdan faqat u tomonidan dastxat qo`yilgan ikkita rasm saqlanib qolgan.

Bular buyuk rassomning etmish yoshida chizgan “Ikki tuya” va tugallanmay qolgan “Shoh Tahmasp daraxt ustidagi uyda” asarlaridir.

Manba: “O`zbekiston madaniy merosi jahon to`plamlarida” multimedia loyihasi doirasida chop etilgan “Moniyni xijolatda qoldirgan Kamoliddin Behzod” nashri.                                         Loyiha bosh homiysi – "ErieiGroup" neft xizmatlari kompaniyasi.                                    

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1